2016 yilning 18 yanvar kuni Farg‘ona viloyati imom-xatiblari va imom-noiblarining 2016 yil yakuniga bag‘ishlangan umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi o‘rinbosari Qamariddin Imomov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumov, ishtirok etdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasining Farg‘ona viloyatidagi vakili Tursunali Erbo‘tayev vakillik xodimlari va imom-xatiblarning 2016 yilgi faoliyati bo‘yicha umumiy hisobot berdi.
Yig‘ilishda o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi. Jumladan, 2016 yilda ish faoliyati, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlar bo‘yicha kamchilik va sustkashlikka yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan birma-bir qattiq tanbeh berilib, kelgusida o‘z vazifasini suiiste’mol qilgan xodimlarga qattiq intizomiy chora ko‘rish va hatto vazifasidan ozod etilish to‘g‘risida ogohlantirildi.
Imom-xatiblarga OAVlarda yoshlarning har xil zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishini oldini olishga qaratilgan maqolalarni gazeta, jurnal va internet saytlarida muntazam yoritib borish, kitobxonlikni oshirish shu bilan birga vakillik tasarrufidagi barcha masjidlarda obodonlashtirish ishlarini olib borish, namozxonlar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda yong‘in xavfsizligi choralarini kuchaytirish bo‘yicha zaruriy ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
Yig‘ilishda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tadbirlar rejasi belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida 2016 yilda samarali mehnat qilgan, diniy sohada namunali xizmat qilgan, shuningdek, “Hidoyat” jurnali va “Islom nuri” gazetasiga obuna bo‘lishda faollik ko‘rsatgan fidoiy imom-xatiblar “Maqtov yorlig‘i” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.



O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Masjidlar bo‘limi
Mustaqilligimizning 35 yilligi shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Namanganda ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinmoqda.
“Mehr-saxovat” ma’rifiy tadbiri doirasida soha xodimlari shahardagi 125 ta xonadonga tashrif buyurib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdilar. “Vaqf” xayriya jamoat fondi hamda saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida ko‘rsatilgan ushbu ko‘mak ko‘ngillarga iliqlik, yuzlarga tabassum ulashdi.
Dildan kechgan samimiy suhbatlar va ko‘tarilgan duolar yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati