Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Iyun, 2025   |   23 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:02
Xufton
21:41
Bismillah
19 Iyun, 2025, 23 Zulhijja, 1446

O‘zbekiston haj delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi

18.01.2017   21893   1 min.
O‘zbekiston haj delegatsiyasi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Haj delegatsiyasi bugun 18 yanvar kuni Saudiya Arabistoni Podshohligiga jo‘nab ketdi. Ushbu safar 7 kun davom etadi.

Saudiya Arabistoni Haj ishlari vaziri Solih Bantin taklifiga asosan, «Haj–2017» mavsumining tashkiliy ishlarini kelishib olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek   Yusupov – delegatsiya rahbari va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchiligidagi delegatsiya bugun Jidda shahriga yetib boradi.

Shuningdek, ularga O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot kotibi Jaloliddin Nuriddinov va Toshkent islom universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Hamidbek Hasanov hamrohlik qilishmoqda.

Safar davomida O‘zbekiston Haj delegatsiyasi va Saudiya Arabistoni Haj ishlari vazirligi va mutasaddi tashkilotlar o‘rtasida «Haj–2017» mavsumining tashkiliy ishlari o‘zaro ko‘rib chiqiladi. Shu maqsadda Makkai mukarrama, Madinai munavvara va Jidda shaharlarida joriy yil haj mavsumida o‘zbekistonlik hojilarga xizmat qiluvchi idoralar va muassasalar rahbarlari bilan kelishib olinadi.

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Uzrli ayol pishirgan ovqat

16.06.2025   4041   1 min.
Uzrli ayol pishirgan ovqat

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Ayol kishi uzrli paytida pishirgan ovqatni yeb bo‘lmaydi, shuning uchun bunday ayol ovqat tayyorlamasligi kerak, degan gap eshitdim. Shu gap to‘g‘rimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo‘q, dinimizda bunday ta’qiq mavjud emas. Hayz ko‘rgan ayol bemalol ovqat tayyorlashi, pishirishi mumkin. Ulamolar hayz ko‘rgan ayolga oid hukmlarni bayon qilarkanlar, ayol kishi xamir qorib, yopgan nonini, pishirgan ovqatini yeyish mumkin ekanini ta’kidlaganlar. Shuningdek, ayol kishi uzrli paytlarida, erkak yotoqni alohida qilib olishdan ham qaytarilgan. Ya’ni shariatimizda ayol kishining uzrli bo‘lib qolgani uchun undan jirkanilmaydi, tashlab qo‘yilmaydi. Vallohu a’lam.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.