Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Sentabr, 2026   |   13 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:53
Quyosh
06:12
Peshin
12:15
Asr
16:30
Shom
18:21
Xufton
19:36
Bismillah
24 Sentabr, 2026, 13 Rabi`us soni, 1448

Masjidda dunyo gapi

17.01.2017   14387   3 min.
Masjidda dunyo gapi

 رَوَى عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مَسْعُودٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهُ قَالَ " يأتي في آخر الزمان أناس من أمتي يأتون المساجد يقعدون فيها حلقاً ذكرهم الدنيا وحب الدنيا لا تجالسوهم ، فليس لله بهم حاجة " .

Abdulloh ibn Masud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Oxir zamonda shunday ummatimdan bo‘lgan bir qavm keladiki, masjidlarda xalqa qilib o‘tirishadi. Dunyo so‘zlarini gapiradilar, chunki ular dunyoni yaxshi ko‘radilar. Ular bilan o‘tirmanglar! Chunki Alloh ulardan behojatdir” dedilar.

عن ابن عباس قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ -صلى الله عليه وسلم- :« الكلام في المسجد يأكل الحسنات كما تأكل النار الحطب ».

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Masjidda gapirilgan dunyoviy gap (qadam bosib kelgan) savob amallarini barchasini yeydi, olov o‘tinni yegani kabi” dedilar.

عَنْ أَبِى هُرَيْرَةَ عَنِ النَّبِىِّ -صلى الله عليه وسلم- قَالَ « إِنَّ لِلْمُنَافِقِينَ عَلاَمَاتٍ يُعْرَفُونَ بِهَا تَحِيَّتُهُمْ لَعْنَةٌ وَطَعَامُهُمْ نُهْبَةٌ وَغَنِيمَتُهُمْ غُلُولٌ وَلاَ يَقْرَبُونَ الْمَسَاجِدَ إِلاَّ هَجْراً وَلاَ يَأْتُونَ الصَّلاَةَ إِلاَّ دَبْراً مُسْتَكْبِرِينَ لاَ يَأْلَفُونَ وَلاَ يُؤْلَفُونَ خُشُبٌ بِاللَّيْلِ صُخُبٌ بِالنَّهَارِ ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Munofiqlarning bir nechta belgilari borki o‘shalar bilan taniladilar: salomlari la’natga xos, taomlari birovni norozi qilib tortib olingan, to‘dalab qo‘ygan g‘animatlari haromdan, masjidga kelsalarda faqat bir namozxonni g‘iybat qilish uchun yoki masjidagilarni so‘kish uchun va behayo so‘zlarni aytishlik uchun keladilar. Namozni kechiktirib kibrlanib o‘qiydilar. Ularning do‘sti ham yo‘q, birov bilan do‘stlashmaydilar ham. Xuftonda taxtaday qotib uxlab qoladilar, bomdodda esa baqir-chaqir qilib bahslashib turadilar” dedilar.

عن ابن مسعود قال: قال رسول اللّه صلى الله عليه وسلم: " قال الله عز وجل في بعض الكتب: إن بيوتي في أرضي المساجد وإن زواري فيها عمارها فطوبى لعبد تطهر في بيته ثم زارني في بيتي فحق على المزور أن يكرم زائره "

Abdulloh ibn Masud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh taolo ba’zi (nozil qilgan) kitoblarida shunday so‘zlarni dedi: “Masjidlar yerdagi mening uylarimdir. Undagi meni ziyoratchilarim esa, masjidga 5 vaqt namoz uchun keluvchilaridir. Baxt bo‘lsin shunday bandagaki, uyidan chiroyli xushbo‘ylanib chiqadi-da, mening uyimga Meni ziyorat qilish uchun keladi. Endi mezbonning bo‘ynidagi haq shuki, o‘z mehmonini ikrom qilishligidir”

Mavlono Jaloliddin Rumiy deydilar:

Agar Xoja shavad az banda roziy,

Ba u yor hast istiqboli moziy.

Shavad ay banda gar mavlo baozor,

Hamma dar har du olam az tu bezor.

 

Agar Hudo bandadan rozi bo‘lsa,

Kelajakda unga do‘st bo‘lgay.

Gar Hudo bandadan bo‘lsa norozi,

Ikki olamda hamma sendan bezor.

 

Alloh taolo bizlarni masjidga savob umidida borib gunohlar orttirib qaytishimizdan o‘zi asrasin.

Toshkent islom instituti 4-kurs talabasi

Tojiddinov Abdussomad Abdulbosit o‘g‘li

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxoroda Naqshbandiylik merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi

21.09.2026   27990   1 min.
Buxoroda Naqshbandiylik merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi


Joriy yilning 19 sentyabr kuni Buxoro davlat texnika universitetida «Naqshbandiylik an’anasi: Islomda tinchlik, bag‘rikenglik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirishdagi o‘rni» mavzusida nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.


Anjumanda mahalliy va xorijiy olimlar, islomshunos tadqiqotchilar hamda din arboblari ishtirok etib, Naqshbandiya tariqatining ma’naviy ildizlari, uning jamiyatda tinchlikparvarlik, ahillik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlashdagi o‘rni xususida ma’ruzalar qildilar.


Shuningdek, tadbir davomida «Bahouddin Naqshband» ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan chop etilgan yangi kitob va ilmiy nashrlarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


Ikki yalpi qismda tashkil etilgan konferensiya doirasida Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi direktori Azizxo‘ja Inoyatov hamda bir qator mutaxassislarning ushbu ta’limotning bugungi kundagi ahamiyatiga doir mulohaza va fikr-mulohazalari tinglandi.

Ishtirokchilar ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalarni ilgari surdilar. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Buxoroda Naqshbandiylik merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi Buxoroda Naqshbandiylik merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi Buxoroda Naqshbandiylik merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi Buxoroda Naqshbandiylik merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi Buxoroda Naqshbandiylik merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi Buxoroda Naqshbandiylik merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi
O'zbekiston yangiliklari