
“Saudi Press Agency“ nashrining ma’lum qilishicha, o‘tgan 2016 yilgi haj mavsumida 311 ming ziyoratchi “Haj-metro” yer osti jamoat transporti xizmatidan foydalangan.
Ushbu metro yer usti transport vositalari tirbandligini oldini olish maqsadida qurilgan bo‘lib, u Arafot maydonining janubi-sharqiy qismi bilan Mino va Muzdalifa vodiysining janubi-g‘arbiy qismini bog‘laydi. Ushbu yer osti jamoat transporti 9 ta bekatdan iborat bo‘lib, har bir bekatning uzunligi 300 metrni tashkil etadi. Yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi vagonlarning har birida 3200 nafargacha ziyoratchi, bir vaqtning o‘zida harakatlana oladi.
Ilhom MA’RUPOV
tayyorladi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan aholi bilan yo‘lga qo‘yilgan ochiq va samimiy muloqot tizimi fuqarolarning murojaatlarini atroflicha o‘rganish hamda ularga tezkor yechim topishda muhim omil bo‘lmoqda.
12 avgust kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazib, yurtdoshlarimizning arz, taklif va murojaatlarini tingladilar. Yuzma-yuz suhbat jarayonida masjidlar holati va faoliyati, imom-xatiblar ishi, Haj va Umra ziyoratlarini tashkil etish, oilaviy munosabatlarni tartibga solish hamda moddiy yordam ko‘rsatishga oid ko‘plab masalalar chuqur tahlil qilinib, ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi.
Eslatib o‘tamiz, bu kabi qabullar va fuqarolar bilan muloqot tadbirlari Diniy idoraning hududiy vakilliklari hamda yurtimizdagi barcha jome masjidlarda har haftaning chorshanba kuni imom-xatiblar tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati