Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda, Makka shahridagi uncha katta bo‘lmagan, o‘z bag‘riga atigi bir necha kishini sig‘dira oladigan, shahardagi eng ajoyib va noodatiy namoz o‘qiladigan joyning rasmi keng tarqaldi.
“Al-Arabiya” nashrining xabar berishicha, ushbu namozgoh “Musolla” deb atalib, u “Abrojul bayt” majmuasi tarkibidagi “Mecca's Royal Clock Towerhotel” mehmonxonasining eng yuqori qismida joylashgan yarim oyning ichida joylashgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan rasmda, ka’badan 500 metr balandlikda joylashgan ushbu namozgohda, bir necha kishilar namoz o‘qiyotgani aks etgan.
Ilhom MA’RUPOV
tayyorladi
Ustoz Habibulloh domla Abdulg‘affor,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bosh mutaxassisi,
Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi