Joriy yilning 24 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Samarqand viloyati, Samarqand tumanida joylashgan Imom A’zam jome masjidiga tashrif buyurishdi. Ushbu masjid 1880-1890 yillarda qurilgan bo‘lib, sobiq sho‘rolar davrida turli maqsadlarda foydalangan.
Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng turli sohalar qatori mo‘min-musulmonlaga ham erkinliklar berildi. Yurtimizda ko‘plab masjidu-madrasalar qaytadan qad rosladi, ibodat qilish uchun qulay sharoitlar hozirlandi. Diyorimiz o‘zra olib borilgan ko‘plab bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari qatorida eskirib, anchayinki yaroqsiz holatga kelib qolgan Imomi A’zam jome masjidi binosi ham 1990-1991 yillar davomida qaytadan bunyod etildi.
Bugungi kunga kelib esa Imomi A’zam jome masjidi to‘liq ta’mirdan chiqarilgan va namozxonlar ixtiyoriga topshirilgan. Qulay sharoitlarda ibodat qilayotgan yurtdoshlarimiz davlatimiz haqqiga, uning tinchliki bardavom, kelajagi porloq bo‘lishini so‘rab duoi xaylar qilmoqdalar.




O‘MI Masjidlar bo‘limi
10 avgust kuni, Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida ezgulik va saxovatga yo‘g‘rilgan xayrli tadbir o‘tkazildi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Urganch shahrida istiqomat qiluvchi boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlaridan 35 nafariga yangi o‘quv yili oldidan maktab kiyimlari, sumkalar va zarur o‘quv qurollari sovg‘a qilindi.