Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Sentabr, 2026   |   20 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:27
Quyosh
05:50
Peshin
12:23
Asr
17:00
Shom
18:59
Xufton
20:17
Bismillah
02 Sentabr, 2026, 20 Rabi`ul avval, 1448

“O‘zbek xalqi tinch va baxtiyor yashamoqda”

07.12.2016   1357   1 min.
“O‘zbek xalqi tinch va baxtiyor yashamoqda”

2016 yil 6 dekabr kuni Afg‘oniston Islom Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi maslahatchisi Abdul Ahad Xoliqyor O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda janob A.Xoliqyor afg‘on va o‘zbek xalqlari azal-azaldan do‘stu qadrdon ekani va urf-odatlari, kiyinishi, odob-axloqi, so‘zlashuvi bir-biriga o‘xshab ketishini qayd etdi. Mehmon so‘zida davom etib: – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan olib borilgan oqilona siyosat tufayli o‘zbek xalqi tinch va baxtiyor yashamoqda. Dunyodagi ko‘p xalqlar bunday osoyishta muhitni orzu qilishadi, deya o‘z fikrlarini izhor qildi.

Muloqot davomida Shayx Abdulaziz Mansur hazratlari so‘z olib, mehmonni diniy idoraga tashrifi bilan samimiy qutlab, haqiqatdan ham o‘zbek va afg‘on xalqlari qadim-qadimdan o‘zaro ahillikda, qardoshlikda yashab kelayotganlari va ulug‘ ajdodlarni har ikki xalq doim ehtirom qilib kelganini ta’kidladi. Shayx hazratlari mehmonlarga O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati haqida ma’lumot berdi.

Suhbat davomida tomonlar bugungi kunda buzg‘unchi kuchlar Islom dinini niqob qilib olib, turli zo‘ravonlik va qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirayotganini afsus bilan qayd etishdi. Shuningdek, Islom dini har qanday yovuzlikni qoralashini ta’kidlashdi.  
Tashrif yakunida mehmonga esdalik sovg‘alari topshirildi.

 Maqsud Karimov,

Xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda

02.09.2026   9159   1 min.
Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda

Bugun, 2 sentyabr chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazib, yurtdoshlarimizning murojaat va takliflarini atroflicha tingladi.


Ochiq va samimiy ruhda kechgan qabul jarayonida Toshkent shahri, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan tashrif buyurgan fuqarolarning diniy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish, Umra ziyorati tartibi hamda masjidlar faoliyatiga doir murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.


Uchrashuv davomida bildirilgan masalalar yuzasidan fuqarolarga shar’iy va huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli mas’ul xodimlarga murojaatlarni qisqa fursatlarda qonuniy hamda ijobiy hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar yuklatildi.


Eslatib o‘tamiz, aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashga qaratilgan bu kabi fuqarolar qabullari O‘zbekiston musulmonlari idorasi, uning hududiy vakilliklari hamda yurtimizdagi barcha jome masjidlarida har haftaning chorshanba kuni muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda
O'zbekiston yangiliklari