Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Avgust, 2026   |   7 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:10
Quyosh
05:37
Peshin
12:26
Asr
17:15
Shom
19:19
Xufton
20:41
Bismillah
20 Avgust, 2026, 7 Rabi`ul avval, 1448

Mashhur rossiyalik aktrisa islomni qabul qildi

01.12.2016   4740   1 min.
Mashhur rossiyalik aktrisa islomni qabul qildi

Mashhur rossiyalik aktrisa Yelena Proklova Islom dinini qabul qildi. Yaqinda aktrisa 2006 yildan buyon BAAda istiqomat qiluvchi Tataristonlik tijoratchi Ismoil Shangariyevning uyida mehmon bo‘lgan edi. 

Aktrisaning u yerda ko‘rgan-kechirganlari, dunyoqarashiga ta’sir qilgan omillar haqida Ismoil Shangariyev internet sahifasida ma’lum qildi.

— Yelena Islom tamadduni haqida gapirib, bizning dinimiz unga juda yoqishini aytdi, deydi Ismoil. Men unga Islom haqida batafsil ma’lumot berdim. Shunda u Islom ta’limoti asosida hayot kechirishni juda xohlashini, kelajakda tug‘iladigan farzandlari, nabiralari ham musulmon bo‘lishini orzu qilishini aytdi. Biz u bilan Shayx Zayd masjidiga bordik. Yelena o‘sha yerda: “La ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh”, deb Islomni qabul qildi. Shundan so‘ng, masjidda o‘tirib Yaratgandan o‘zi va yaqinlari haqida ezgu duolar qildi.

Aktrisaning aytishicha, musulmonlarning oilasi – bu eng mustahkam oila hisoblanadi. U islomni qabul qilarkan o‘zi uchun buyuk sinoatlar eshigi ochilganini aytdi. Jumladan, Islomda ta’qiqlangan narsalarning barchasi, tibbiy jihatdan ham insonga zararli ekaninini, alohida qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz aktrisa o‘tgan yili turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgan edi. Uning aytishicha, yaqin kelajakda turmushga chiqadigan bo‘lsa ham faqatgina musulmon insonga turmushga chiqadi. Chunki u farzandlari va nabiralari musulmon bo‘lishini juda ham xohlaydi.

Ilhom MA’RUPOV

tayyorladi

Yangiliklar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi

18.08.2026   10614   1 min.
Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi

Yangi o‘quv yili va mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida yana bir xayrli tashabbus amalga oshirildi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi va saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida Qarshi shahridagi 100 nafar ehtiyojmand oila farzandiga yangi o‘quv qurollari to‘plamlari beg‘araz topshirildi.

 

Qo‘lida yangi portfel va kitob-daftar tutgan jajji o‘quvchilarning yuzidagi samimiy tabassum va quvonch bu ezgu ishning naqadar qadrli ekanini ko‘rsatdi. Zero, ilm istagan qalbga qanot bo‘lish — eng ulug‘ savoblardandir.

 

Tadbir yakunida xayriyada hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi Qashqadaryoda 100 nafar o‘quvchiga maktab qurollari sovg‘a qilindi
O'zbekiston yangiliklari