Yaqinda Ozarbayjonda ajabtovur Qur’oni karim nusxasi namoyish etili.
Ajablanarlisi, uni tayyorlash uchun 50 metr tabiiy ipak sarflandi. Loyiha asoschisi rassom va naqqosh Tunzale Memmedzade bo‘lib, u bu jarayonda qora shaffof ipakdan foydalandi. Qur’oni karimning ipak matoli nusxasi tayyor bo‘lguncha roppa-rosa 3 yil mehnat qildi.
Tunzale Memmedzade Istanbuldagi Marmarin universiteti doktori bo‘lib, Ozarbayjon xalqi amaliy – dekorativ san’ati durdonasi bo‘lgan tambur (zanjir kashta) naqshlari ustida ilmiy izlanish ham olib bormoqda.
Xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi,
Mohira ZUFAROVA tayyorladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Diniy idoraning Buxgalteriya bo‘limi mudiri o‘rinbosari Burxon Nazarovning padari buzrukvorlari Baxtiyor hoji otaning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo oxirat safariga kuzatilgan marhum otaxonning barcha solih amallarini o‘zlariga hamroh aylab, O‘z mag‘firatiga olsin.
Haq taolo marhumning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarga ajru mukofotlar ato etsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi, ulamolari, imom-domlalari va o‘qituvchi-mudarrislari nomidan marhum otaxonning yaqinlariga, xususan, Burxon Nazarovga hamdardlik bildiramiz.
Janoza namozi bugun peshin namozidan so‘ng poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi "Katta Qozirobod" jome masjidida o‘qiladi.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda “Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz”, degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz