Har bir mamlakatda choy ichishning o‘ziga xos odoblari mavjud. Ayrimlar qora choy ichishni xush ko‘rishsa, ba’zilar ko‘k choyni yoqtirishadi. Bularning barchasi turli mintaqalarda yashovchi xalqlarning urf-odati va fe’l atvoriga bog‘liq ekan.
Choy yoqimli ichimlik bo‘lib, turli mamlakatlarda yashovchi xalqlarning ham choyga bo‘lgan munosabatlari va iste’mol qilishlari bir-biridan farq qiladi. Ularning ba’zilari qora, ko‘k va yoki achchiq va shirin choylarni yoqtiradi. Quyida turli davlatlarda qanday choy iste’mol qilinishi haqida so‘z yuritamiz.
Hindiston

Bu surat Hindistonning Dorjling shahridan olingan. Hindistondagi baland bo‘lgan joylar va Himolayda choy ichishning idishi shu shaklda bo‘ladi.
Angliya

Inglizlar qora choyga sut qo‘shib ichishadi.
Turkiya
Turkiyaliklar choyni bir bo‘lak qand bilan ichishadi
Tibet

Tibbet xalqi choyni sut, zotli molning yog‘i va tuz bilan ichishadi.
Efiopiya

Efiopiya choyini ko‘k choy va yalpiz yaproqlarining qo‘shilmasi tashkil etadi.
Gong-Kong

Gong- Kong aholisi yog‘li sutni choyga qo‘shib, bir bo‘lak sovuq muz bilan ichishadi.
Tayvan

Tayvanda choyni sovuq va issiq holda sogu marvaridi bilan ichishadi.
AQSH

Amerika xalqi qora choyni limon va shakar bilan ichishadi.
Rossiya

Rossiya aholisi qora choy ichishni yoqtiradi
Pokiston

Pokistonda choy dorivorlar va sariyog‘ qo‘shib tayyorlanadi. Suratda pokistonliklarning sevimli choyi aks etgan.
Tailand

Tailandda choy tog‘ giyohlari, sut va muz bilan tayyorlanadi.
Xitoy

Xitoyda pu-erh mashhur choyning nomi bo‘lib, kub va doiralar shaklida sotiladi.
Misr

Misr xalqi nikoh to‘ylariga o‘xshagan marosimlarda choyni zarcho‘ba (sariq rangli o‘simlik) bilan ichishadi.
Mo‘g‘uliston
Mazkur mamlakat xalqi choyni sut va tuz bilan qo‘shib metalldan yasalgan tekis va maxsus idishlarda ichishadi.
Argentina

Argentina xalqi taladro choyini ichishadi. Taladro o‘simlik bo‘lib, avval u maydalanadi, so‘ngra shakar va qaynoq suv bilan tayyorlanadi. Bu choy buyrak va jigar uchun foydalidir. Suriya xalqi ham ushbu choyni xush ko‘radi.
Mavritaniya

Mavritaniyaliklar choyni achchiq va yoki shirin holda ichishadi.
Janubiy Afrika Respublikasi

Janubiy Afrika xalqi qizil choy (Roybus) ichishadi. Bu choy qizil bir butadan olinadi va mazzasi ham shirin bo‘lib, inson tanasi uchun foydalidir.
Malayziya
Malayziya xalqi ichadigan choy o‘sha-lota choyi bo‘lib, sut bilan birga o‘ziga xos tarzda tayyorlanadi.
Quvayt

Quvayt aholisi qora choyni za’faron va dolchin bilan ichishadi.
Qatar

Qatarda choyni sut va qahva rangli shakar bilan ichishadi.
Xalqaro aloqalar bo‘limi
Xabar berganimizdek, Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston muftiylari muhim yo‘nalishlarda 3 ta bayonot va zamonaviy masalalarga oid 6 ta yirik fatvoni imzolashdi.
Jumladan, «Islomning ilm-fan va texnologiyaga yondashuvi» mavzusidagi bayonotda Islom dinida insoniyat farovonligiga xizmat qiluvchi barcha ilmiy va texnologik yutuqlar qo‘llab-quvvatlanishi bilan birga, ular yuksak axloqiy mezonlar, adolat va mas’uliyat tamoyillari asosida rivojlanishi shartligi ta’kidlandi.
«Musulmonligi ma’lum bo‘lgan shaxsni kofirga chiqarishning hukmi» to‘g‘risidagi bayonotda Islom ta’limotiga ko‘ra, kalimai shahodat keltirib, qibla ahlidan bo‘lgan har qanday shaxs musulmon hisoblanishi hamda qilgan gunohi yoki amaldagi nuqsoni tufayli uni kufrda ayblash (takfir qilish) qat’iyan man etilishi aytildi. Shuningdek, Turkiy davlatlar ulamolari ushbu bayonotda jamiyatda fitna, qon to‘kilishi va nizolarga sabab bo‘luvchi takfirchilik oqimlariga qarshi ilmiy-ma’rifiy kurashni kuchaytirish, ummat birdamligini mustahkamlash zarurligiga e’tibor qaratishdi.
«Oila qurishga targ‘ib qilish, uni muhofaza qilish va mustahkamlashga doir umumiy mas’uliyat» bayonotida Islom ta’limotiga ko‘ra, oila nikoh asosiga quriladigan, sog‘lom avlod va jamiyat davomiyligini ta’minlovchi, insonga ruhiy xotirjamlik hamda axloqiy tarbiya beruvchi muqaddas muassasa ekaniga urg‘u qaratildi. Muftiylar oila institutini himoya qilish, yoshlarni oilaga tayyorlash va milliy-ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashda birdamlikka chaqirdilar.
Shuningdek, muftiylar tomonidan «Bitta qabrga birdan ortiq mayyitni dafn etishning hukmi», «Ijaraga berilgan dehqonchilik yerlarining ushri», «Fatvo so‘rash va fatvo berishda sun’iy idrokdan foydalanish masalasi», «Juma namozi durust bo‘lishining shartlari», hijriy oy boshlanishini aniqlash mezonlari va takfir masalasiga doir 6 ta fatvo matni imzolandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati