Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Mart, 2026   |   24 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:21
Quyosh
06:39
Peshin
12:38
Asr
16:41
Shom
18:31
Xufton
19:43
Bismillah
13 Mart, 2026, 24 Ramazon, 1447

FIQH – mashaqqatu qiyinliklardan najot beruvchi qo‘rg‘ondir

07.11.2016   6937   1 min.
FIQH – mashaqqatu qiyinliklardan najot beruvchi qo‘rg‘ondir

2016 yil 3 noyabr kuni “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurtida “FIQH – mashaqqatu qiyinliklardan najot beruvchi qo‘rg‘ondir” mavzusida intellektual bellashuv bo‘lib o‘tdi. Bellashuvni 2016 yilning “Eng yaxshi uslubchisi” bo‘lgan bilim yurti fiqh fani mudarrisasi Husnugul Halimova tashkillashtirdi.

Bellashuvda bilim yurti 3-kurs, 2-a va 2-b guruh talabalari o‘zaro bellashishdi. Ushbu tadbirga Buxoro Davlat Universiteti tarix fani kafedrasi katta o‘qituvchisi Mavjuda Oripova tashrif buyurib, bilim yurti faxriy ustozlari Aziza Xalilova va Oliya Mahmudova bilan bellashuvga hakamlik qilishdi.
Har bir shart juda qizg‘in fiqhiy masalalar, hayotiy muammolarni yechimini topish va ba’zi ixtilofiy masalalarni o‘rganish va ularga raddiyalar orqali  guruh a’zolarining javob berishlari kuzatildi. Tajribali ustoz izlanishlari samarasi o‘laroq bellashuv juda fayzli o‘tdi. 

Bellashuv natijalariga ko‘ra

  1. “Hidoya” guruhi 1-o‘ringa;
  2. “Viqoya” guruhi 2-o‘ringa;
  3. “Abu Hafs Kabir izdoshlari” guruhi 3-o‘ringa sazovor bo‘lishdi.

Bellashuvda faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Maxfuza BOZOROVA,

 “Jo‘ybori Kalon” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom

bilim yurti Hadis fani o‘qituvchisi

Yangiliklar
Boshqa maqolalar
Videolar

Fitr sadaqasi: kimlar nima uchun va kimlarga, qachon va qancha miqdorda beradi?

12.03.2026   2589   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym

 

Videolavhalar