Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Sentabr, 2026   |   21 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:29
Quyosh
05:51
Peshin
12:22
Asr
16:59
Shom
18:57
Xufton
20:15
Bismillah
03 Sentabr, 2026, 21 Rabi`ul avval, 1448

Bilim yurtida “Quvnoqlar va zukkolar”

01.11.2016   1693   3 min.
Bilim yurtida “Quvnoqlar va zukkolar”

Istiqlol tufayli yurtimizda barcha sohalar taraqqiyotiga alohida e’tibor berildi. Qaysi jabhaga boqmang, ijobiy yangilanishlar, ulkan o‘zgarishlarning samaralarini ko‘ramiz. Shular qatorida diniy sohaga ham mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq juda katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Buning birgina misoli tariqasida Bosh Qomusimiz bo‘lgan Konstitutsiyamizda ham o‘z aksini topgan, bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. Karimovning Farmoyishlariga binoan mana necha yildan buyon Qurbon va Ramazon hayit bayramlarini va eng asosiysi bo‘lgan ota-bobolarimizning azaliy orzusiga aylangan muborak haj ziyoratini ham emin-erkinlikda ado etib kelmoqda. Bularning barchasi mustaqillikning bizga bergan ulkan imkoniyati va Alloh taoloning bizga bergan inoyati deb bilamiz.

Shu asosda O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2016 yil to‘rtinchi chorakka mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, joriy yilning 29 oktyabr kuni “Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” o‘rta maxsus islom bilim yurti talabalari orasida «Diniy sohada mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni yoritib beruvchi “Quvnoqlar va zukkolar” (KVN)» musobaqasi o‘tkazildi.

Tanlovni Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi, “Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri Shamsuddin Bahouddinov kirish so‘zi bilan ochib berdi va tanlov ishtirokchilariga omad tiladi. 

Tanlovda bilim yurti 1-kurs talabalarining “Nihol” jamoasi, 2-kurs talabalarining “Yigitlar”, 3-kurs talabalarining “Quvnoq talabalar” jamoasi va 4-kurs talabalarining “Beruniy avlodlari” jamoalari ishtirok etishdi.Ular to‘rtta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Tanlovda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutidan kelgan bilim yurti o‘qituvchilari hamda ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari, bilim yurti o‘qituvchilaridan iborat besh kishi tanlovga hakamlik qildi. 

Birinchi shartda tanishtiruv (salomnoma) sharti bo‘lib, jamoalar o‘zlari jamoa nomi, unga berilgan ta’rif va jamoa a’zolari haqida qisqa ma’lumot berib o‘tdilar. Qo‘shimcha slayd hamda videorolik ishlaridan foydalanildi.

Ikkinchi shart “Internetdagi tahdidlardan himoya” kitobi asosida tayyorlangan tezkor savol-javob o‘tkazildi. 

Uchinchi shartda jamoalar mustaqillik yillarida diniy sohadagi yutuqlarni yoritib beruvchi bannerlar, foto-videoslayd, plakatlar, she’riyat olami, ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi.

To‘rtinchi shartda jamoalar uyga vazifa qilib berilgan “Dinning yoshlar turmushidagi tutgan o‘rni” mavzusi orqali ajoyib sahna ko‘rinishlarini ishtirokchilarga havola etishdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuv natijalariga ko‘ra, birinchi darajali diplom bilan 2-kurs talabalarining “Yigitlar” jamoasi,  ikkinchi darajali diplom bilan 1-kurs talabalarining “Nihol” jamoasi, uchinchi darajali diplom bilan 3-kurs talabalarining “Quvnoq talabalar” jamoasi va “Eng faol ishtirok etgan jamoa” yo‘nalishi bo‘yicha 4-kurs talabalarining “Beruniy avlodlari” jamoasi taqdirlandilar. Shuningdek, ishtirokchilarga bilim yurti tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. 

SALAMAT KUDAYBЕRGЕNOV,

“Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy”

o‘rta maxsus islom bilim yurti o‘qituvchisi

 

 

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Misr OAV: O‘zbekiston – islom sivilizatsiyasining global markazi

03.09.2026   6266   1 min.
Misr OAV: O‘zbekiston – islom sivilizatsiyasining global markazi

Misrning nufuzli ommaviy axborot vositalarida Toshkentda o‘tkazilgan Xalqaro mediaforum yakunlari va O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi global markazi sifatidagi roliga bag‘ishlangan maqolalar chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, “Al Montasaf” nashri forum 40 ta mamlakatdan 200 nafardan ortiq jurnalist va OAV vakillarini birlashtirib, O‘zbekistonning madaniy va ma’naviy mash’al sifatidagi maqomini namoyish etgani haqidagi fikrni keng yoritmoqda.

Shuningdek, “Eldameer” nashri Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga e’tibor qaratgan. Markaz qadimiy qo‘lyozmalarni, jumladan, mamlakatda saqlanayotgan Mus'hafning eng qadimiy nusxalaridan birini tadqiq etish va nashr qilishda nashriyotlarga amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

Ushbu keng ko‘lamli madaniy va ma’rifiy yuksalish O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va qo‘llab-quvvatlash tufayli mumkin bo‘lgani ta’kidlanadi.

Bundan tashqari, “Eldameer” nashri sahifalarida sodir bo‘layotgan uyg‘onishning tarixiy ahamiyati qayd etilib, O‘zbekiston rahbari shafeligida islom mamlakatlari yoshlari o‘rtasida ilmiy-tadqiqot tanlovini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.

Tadbirning boy dasturi, jumladan, ishtirokchilarning buyuk muhaddis Imom Al-Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish uchun Samarqandga rejalashtirilgan tashrifi ham yoritilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari