Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Sentabr, 2026   |   21 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:29
Quyosh
05:51
Peshin
12:22
Asr
16:59
Shom
18:57
Xufton
20:15
Bismillah
03 Sentabr, 2026, 21 Rabi`ul avval, 1448

Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlandi

28.10.2016   2445   4 min.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlandi

O‘zbek va qozoq xalqlari azaldan yaxshi qo‘shni, do‘st bo‘lib yashab kelgan. Bugun mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik ana shu tamoyillar asosida rivojlanmoqda. Xalqaro vaziyat tez o‘zgarib, tobora murakkablashib borayotgan hozirgi kunda bunday do‘stlik, o‘zaro anglashuv yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ikki mamlakat o‘rtasidagi diniy sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro fikr-mulohaza almashish maqsadida Qozog‘iston Respublikasi delegatsiyasining Yurtimizga qilgan tashrifi ham soha rivoji uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Yurtimizga tashrif buyurgan mehmonlar bir necha yuz yillardan beri ikki xalqning o‘zaro do‘stlik ramzi sifatida poytaxtimiz markazida qad rostlagan “Shayx Xovandi Tohur” va “To‘labiy” maqbaralarini ziyorat qilish bilan safarlarini boshlashdi. Bir so‘z bilan aytganda, ziyorat ularga ko‘tarinki kayfiyat va o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Qalblari ziyoga to‘lgan mehmonlar Toshkent islom universitetiga tashrif buyurishar ekan, oliygohning tarix va hozirni uyg‘unlashtirgan ajoyib binolari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘rib, tasannolar aytishdi. Shuningdek, universitetda 200 dan ortiq turli mavzulardagi o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillaridagi kitoblar, jurnal hamda gazetalardan iborat ko‘rgazmadan bahramand bo‘lishdi. Ayniqsa, “Qur’oni karim ma’nolarining o‘zbekcha tarjimasi”, “Oilada farzand tarbiyasi”, “Dunyo ulamolari murojaati”, “ISHID fitnasi”, “Internetdagi tahdidlardan himoya”, “Islom va aqidaparast oqimlar” kabi yurtimiz olimlari hamda tadqiqotchilarining turli tillardagi kitob va qo‘llanmalari mehmonlarda chuqur qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek, mehmonlar poytaxtimizning diqqatga sazovor joylarini ham ziyorat qilishdi. Jumladan, bir qator mehmonlar O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tashrif buyurishdi. Ularni O‘zbekiston musulmonlari idora raisi, muftiy Usmonxon Alimov tashrif bilan qizg‘in qutlab, ikki qardosh xalq azaldan do‘stu birodar ekani, ota-bobolarimiz ahil-inoq bo‘lib yashashgani, mamlakatlarimiz rahbarlari ham ushbu do‘stlikni rivojlantirish yo‘lida juda ulkan ishlarni amalga oshirishganini aytib o‘tdi.

Tashrif doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mustaqillik yillarida Respublikamizda din sohasi amalga oshirilgan islohotlar, muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bajarilgan ishlar haqida alohida to‘xtab o‘tildi. Mehmonlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to‘laqonli javob olishdi. Muloqot yakunida mehmonlar O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida amalga oshirilgan ishlarga havas qilsa arziydigan darajada tashkil etilganini, bundan faqat ibrat olish kerakligini ta’kidlashdi.

Yurtimizga tashrif buyurgan mehmonlar Toshkent islom institutiga ham tashrif buyurishdi. Institut talabalarining oliygoh, unda yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida rus, qozoq, arab va ingliz tillarida erkin gapirib berishlari, delegatsiya a’zolarida juda yaxshi taassurot qoldirdi.

Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda yangidan-yangi masjidlar qurilmoqda, ayrimlari ta’mirlanib, chiroyli holatga keltirilmoqda. Jumladan, Toshkent shahrida qad rostlagan mahobatli “Minor” jome masjidi, yaqinda namozxonlar ixtiyoriga topshirilgan “Islom ota” jome masjidlari shular jumlasidandir. Poytaxtimizning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan “Minor” jome masjidiga tashrif buyurgan mehmonlar, Mustaqilligimiz asoschisi Islom Karimovning bevosita tavsiyalari va tashabbuslari bilan qisqa muddat ichida o‘ziga xos me’moriy uslubda bunyod etilgan ushbu jome masjidni betakror bunyodkorlik ramzi sifatida e’tirof etdilar.

Qardosh Qozog‘iston delegatsiyasining tashrifi ikki mamlakat do‘stona hamkorlik rishtalari yanada mustahkamlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi.

 

 

O‘MI Masjidlar bo‘limi

Fotolavhalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Misr OAV: O‘zbekiston – islom sivilizatsiyasining global markazi

03.09.2026   5335   1 min.
Misr OAV: O‘zbekiston – islom sivilizatsiyasining global markazi

Misrning nufuzli ommaviy axborot vositalarida Toshkentda o‘tkazilgan Xalqaro mediaforum yakunlari va O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi global markazi sifatidagi roliga bag‘ishlangan maqolalar chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, “Al Montasaf” nashri forum 40 ta mamlakatdan 200 nafardan ortiq jurnalist va OAV vakillarini birlashtirib, O‘zbekistonning madaniy va ma’naviy mash’al sifatidagi maqomini namoyish etgani haqidagi fikrni keng yoritmoqda.

Shuningdek, “Eldameer” nashri Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga e’tibor qaratgan. Markaz qadimiy qo‘lyozmalarni, jumladan, mamlakatda saqlanayotgan Mus'hafning eng qadimiy nusxalaridan birini tadqiq etish va nashr qilishda nashriyotlarga amaliy yordam ko‘rsatmoqda.

Ushbu keng ko‘lamli madaniy va ma’rifiy yuksalish O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va qo‘llab-quvvatlash tufayli mumkin bo‘lgani ta’kidlanadi.

Bundan tashqari, “Eldameer” nashri sahifalarida sodir bo‘layotgan uyg‘onishning tarixiy ahamiyati qayd etilib, O‘zbekiston rahbari shafeligida islom mamlakatlari yoshlari o‘rtasida ilmiy-tadqiqot tanlovini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.

Tadbirning boy dasturi, jumladan, ishtirokchilarning buyuk muhaddis Imom Al-Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish uchun Samarqandga rejalashtirilgan tashrifi ham yoritilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari