Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Avgust, 2026   |   10 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:15
Quyosh
05:40
Peshin
12:26
Asr
17:12
Shom
19:15
Xufton
20:36
Bismillah
23 Avgust, 2026, 10 Rabi`ul avval, 1448

Kim nima eksa, shuni o‘radi...

21.10.2016   10777   3 min.
Kim nima eksa, shuni o‘radi...

Hofiz ibn Rajab rohmatullohi alayh payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning “Mayyitga uch narsa ergashadi... ” mazmunidagi kelgan hadisi shariflariga sharh bitib, kuydagi rivoyatni keltirganlar.

Bir kuni Oisha roziyallohu anho huzurlariga qo‘li shol bir qiz kirib keldi. Va Ey, mo‘minlarning onasi bugun sog‘lom qo‘l bilan uxlab, shol qo‘l bilan uyg‘ondim-dedi. Oisha roziyallohu anho: Nima sababdan? Qiz: Meni boy badavlat ota-onam bor edi. Otam qo‘li ochiq, zakot va sadaqani kanda qilmaydigan, sahiy, mehmonlarni yaxshi kutadigan, so‘rovchini quruq qo‘l bilan qaytarmaydigan qo‘yingki, qo‘lidan kelgancha yaxshilik ulashuvchi karamli inson bo‘lganlar. Onam esa, buni aksi, baxil, qurumsoq, molida biror sadaqa qilganlarini ko‘rgan emasman.

Otam vafot etdilar. Ikki oy o‘tmay onam ham olamdan o‘tdilar. 

Bu kecha tush ko‘rdim. Tushimda otam juda chiroyli ko‘rkam kiyingan, oldilaridan anhor oqib turibdi. Men: Ey otajonim, bu qanday xol- deb so‘radim. Otam: Ey, qizalog‘im, kim dunyoda zarra misqol yaxshilik qilsa ham ko‘rar ekan. Bu Robbimning menga qilgan fazlidir- dedilar.

Men: Onamning axvoli qanday?-deb so‘radim.

Otam: Onang vafot etdimi?-dedi.

Men: Ha, dedim.

Otam: Ey, voh! Onang bizdan uzoqlashib ketibdi. Onagni chap tomon ahllaridan izla!-dedi.

Qiz: Chap tarafimga nazar solsam. Onamni yalong‘och, bir parcha matoga o‘rangan xolatda ko‘rdim. Qo‘lida esa,  yog‘ “Xolimga voy bo‘lsin! Juda chanqadim!” – deb nido qilar edi.  Agar juda qattiq chanqasalar o‘sha yog‘ni qo‘lga surtib, so‘ngra yalardilar. Qarasam oldida anhor oqib turibdi. Men: “Ey onajon nega chanqadim deb nido qilyapsiz. Axir oldingizda oqib turgan anhor borku” – dedim. Onam: “Undan ichishimga izn berilmayapdi” – dedi. Men: “Sizga suv berayinmi?” – dedim. Onam: “Yaxshi bo‘lardi” – dedi. Men bir xovuch suv olib onamga berdim. Onam ichib bo‘lgach, chap tarafdan bir nido qilguvchi: “Ogoh bo‘ling kim bu ayolga suv bersa, o‘ng qo‘li shol bo‘lib qoladi” – deb, ikki marta nido qildi. Uyg‘onsam o‘ng qo‘lim shol bo‘lib qolibdi. Shundan beri o‘ng qo‘limni ishlata olmayapman.  Shunda Oisha roziyallohu anho onamiz: O‘sha matoni esladingmi? Dedilar. U: Ha, mo‘minlarning onasi, uni onamning ustida ko‘rgan edim. Onamni hech qachon biror narsani sadaqa qilganini ko‘rmaganman. Ammo otam bir kun hokkiz so‘ydi. Shunda bir kishi tilamchilik qilib keldi. Onam yog‘li suyakni olib unga berdi. Yana bir kun oldilariga bir ayol kelganida. Onam boyagi matoni olib unga berib yuborgandi. Shunda Oisha roziyallohu anho takbir aytib: “Alloh rost aytdi va Rasuli sollallohu alayhi vasallam bizga yetkazdi” – deb, “” oyatini o‘qidilar.     

فَمَنْ يَعْمَلْ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ خَيْرًا يَرَهُ

Bas, kimki (dunyoda) zarra miqdorida yaxshilik qilgan bo‘lsa, (qiyomat kuni) uni ko‘rar (Zalzala surasi, 7-oyat).

 

Jaloliddin Hamroqulov,

TII “Tahfizul Qur’on” kafedrasi mudiri

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bog‘otda "Erali eshon bobo" masjidi yangi binosi ochildi (fotolavha)

05.08.2026   31017   1 min.
Bog‘otda

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi "Erali eshon bobo" jome masjidi zamonaviy asosda qayta qurilib, mo‘min-musulmonlar ixtiyoriga topshirildi. 
 

Masjidning ochilish tantanasida Xorazm viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla domla Abdullayev, Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov, viloyat va tuman bosh imom-xatiblari, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


Marosim Qur’oni karim tilovati bilan boshlanib, yangi masjidning el-yurtimiz ma’naviyatini yanada yuksaltirish, aholi o‘rtasida ezgulik va ma’rifatni mustahkamlashga xizmat qilishini so‘rab duolar qilindi. Shuningdek, ushbu bunyodkorlik ishlariga hissa qo‘shgan saxovatpesha insonlar haqqiga ezgu tilaklar bildirildi.


Ma’lumot o‘rnida, barcha zamonaviy talablarga javob beradigan va zarur sharoitlar yaratilgan mazkur jome masjid bir vaqtning o‘zida 1000 nafar namozxonni qabul qilish sig‘imiga ega.


Alloh taolo ushbu muborak masjidni qiyomatga qadar Qur’on tilovati, ibodat va ma’rifat ziyosi taraladigan qutlug‘ dargohlardan qilsin! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Bog‘otda Bog‘otda Bog‘otda Bog‘otda Bog‘otda
O'zbekiston yangiliklari