Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahri A.Navoiy ko‘chasida joylashgan “Islom” jome masjidi 1989-1993 yillar davomida hashar yo‘li bilan qurilgan. Adliya boshqarmasidan 1998 yil qayta ro‘yxatdan o‘tib, faoliyat yuritib kelmoqda.
Masjid binosi pishiq g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, darvoza va uchta kichik eshikdan iborat. Masjid elektr energiya, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlangan. Masjid sakkizta bir-biriga tutash honaqohlardan iborat. Hozirgi kunda masjid hududida imom-xatib, imom noibi va hisobchi uchun xizmat xonalari, shuningdek, kutubxona, qorovulxona, oshxona va zamonaviy qulayliklarga ega tahoratxona mavjud. Hovli sahniga tungi yoritqich chiroqlari o‘rnatilgan.
Ushbu maskan namozxonlar uchun yetarli shart-sharoit va qulayliklar bilan ta’minlangandir.
Shuningdek, masjidda obodonlashtirish ishlari ham olib borilmokda, bir qancha mevali va manzarali daraxtlar, turli xil gul ko‘chatlari o‘tqazilgan.
Masjidda Buxoro shahridagi “Mir-Arab” o‘rta maxsus islom bilim yurtini tamomlagan Naimov Alisher imom-xatiblik vazifasida ishlab kelmoqda.


O‘MI Masjidlar bo‘limi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Hasan ibn Abu Sinan rahimahulloh oltmish yil davomida yotgan holatda uxlamagan ekanlar, yog‘li taomlar iste’mol qilmagan hamda sovuq suv ichmagan ekanlar. Vafot etganlaridan so‘ng u zot bir kishining tushiga kirdilar va u kishi: “Alloh taolo sizni qanday qabul qildi?” — deb so‘radi.
Hasan ibn Abu Sinan rahimahulloh: “Alloh taolo meni juda yaxshi qabul qildi, ammo hayotimda bir kishidan igna qarzga olib, qaytarib bermagan edim. Shu sabab jannatga kira olmayapman”, degan javobni berdilar.
“Ruhul-bayon” tafsiri, 2-jild, 171-sahifa