Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Iyun, 2026   |   18 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:08
Quyosh
04:51
Peshin
12:27
Asr
17:35
Shom
19:57
Xufton
21:32
Bismillah
05 Iyun, 2026, 18 Zulhijja, 1447

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi “Islom” jome masjidi...

05.10.2016   6872   1 min.
Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi “Islom”  jome masjidi...

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahri A.Navoiy ko‘chasida joylashgan “Islom” jome masjidi 1989-1993 yillar davomida hashar yo‘li bilan qurilgan. Adliya boshqarmasidan 1998 yil qayta ro‘yxatdan o‘tib, faoliyat yuritib kelmoqda.

Masjid binosi pishiq g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, darvoza va uchta kichik eshikdan iborat. Masjid elektr energiya, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlangan. Masjid sakkizta bir-biriga tutash honaqohlardan iborat. Hozirgi kunda masjid hududida imom-xatib, imom noibi va hisobchi uchun xizmat xonalari, shuningdek, kutubxona, qorovulxona, oshxona  va zamonaviy qulayliklarga ega tahoratxona mavjud. Hovli sahniga tungi yoritqich chiroqlari o‘rnatilgan.

Ushbu maskan namozxonlar uchun yetarli shart-sharoit va qulayliklar bilan ta’minlangandir.

Shuningdek, masjidda obodonlashtirish ishlari ham olib borilmokda, bir qancha mevali va manzarali daraxtlar, turli xil gul ko‘chatlari o‘tqazilgan.

Masjidda Buxoro shahridagi “Mir-Arab” o‘rta maxsus islom bilim yurtini tamomlagan Naimov Alisher imom-xatiblik vazifasida ishlab kelmoqda.

 O‘MI Masjidlar bo‘limi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Boshingizga o‘lim kelsada haromga yaqinlashmang!

03.06.2026   4166   2 min.
Boshingizga o‘lim kelsada haromga yaqinlashmang!

Oz qiyinchilik yetsa nolimang aslo,
U
yetguncha yurdingiz ne’matlar aro.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda uch kishi g‘orda yotgan vaqtida katta xarsang siljib g‘or og‘zi berkilib qoladi. Shunda ular o‘zaro kelishib o‘zlarining eng yaxshi amallarini vasila qilib duo qilishadi. Shunda ulardan ikkinchi duo qilgani aytadi: “Allohim, mening ammamning qizi bor edi. Uni juda qattiq yaxshi ko‘rar edim. U esa meni rad etdi va to bir yili (qiyinchilik) uni qurshab olgunga qadar mendan bosh tortib yurdi. So‘ng u (qiyinchilik sababli) mening yonimga keldi va menga o‘zini boshqarishga imkon berishi evaziga 120 dinor berdim, u shu ishni qildi. Unga ega bo‘lgan (bir rivoyatda: ikki oyog‘i o‘rtasiga o‘tirgan) vaqtimda u menga: “Allohdan qo‘rq, muhrni nohaqdan buzma!” dedi. Bu uzun bir rivoyatdan bir parchadir.

Rivoyatdan ayol juda taqvoli edi, avvaliga zino juda katta gunoh bo‘lgani uchun umuman rozi bo‘lmadi. Keyinchalik esa juda qiyin ahvolga tushib qolib o‘sha kishi talab qilgan narsaga rozi bo‘lishga majbur bo‘ldi, lekin buni umuman xohlamasdi. Shuning uchun ham unga Allohni va Undan qo‘rqishini eslatdi. Bu gapdan iymoniy hislar jo‘shib ketdi, agar yigit xohlasa nikoh yo‘li bilan bu ishni halol qilishi mumkin edi, zino qilmasdi. Shuning uchun ham yigit bu ishidan qattiq afsuslandi va Allohga tavba qildi. Ushbu ayolning iymoniy va taqvo ila aytgan so‘zi sabab tavba qilgan yigitning duosi g‘or og‘zidagi xarsang toshning siljishiga sabab bo‘ldi.

Shu’la: Qo‘rquv bilan yashasangiz tez orada shu qo‘rquvdan halok bo‘lasiz.

Doktor Oiz al-Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan