Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Avgust, 2026   |   4 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:06
Quyosh
05:34
Peshin
12:27
Asr
17:18
Shom
19:24
Xufton
20:47
Bismillah
17 Avgust, 2026, 4 Rabi`ul avval, 1448

“Yil imomi - 2016” ko‘rik tanlovining Toshkent viloyat bosqichi

25.08.2016   9742   1 min.
“Yil imomi - 2016” ko‘rik tanlovining Toshkent viloyat bosqichi

 “Yil imomi – 2016” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi g‘olibilari aniqlandi.

“Yil imomi – 2016” ko‘rik tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2016 yil 15 apreldagi 01A/19 sonli buyrug‘i hamda Nizomidan kelib chiqqan holda viloyat vakilligi qoshida tashkil qilingan “Maxsus Hay’at” tomonidan 2016 yilning  22 avgust kuni Zangiota tumanidagi “Zangiota” jome masjid binosida shahar va tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan imom-xatiblar o‘rtasida o‘tkazildi. Mazkur bosqichda jami 15 nafar imom-xatib ishtirok etdi.

Hakamlar imom-xatiblarni bilet savollariga javoblari, shuningdek, o‘z ustida ishlashi, izlanishi, OAVda dolzarb mavzularda chiqishlari, masjidda amalga oshirgan obodonlashtirish ishlari, imomning faoliyati davomida erishgan yutuqlari, ma’ruzalarining ta’sirchanligi va boshqa fazilatlarini inobatga olib, baholadilar.

Tanlov yakuniga ko‘ra 50 ballik tizimda Ohangaron tuman “Abduqaxxor Maxsum” jome masjidi imom-xatibi, Akmalov Abdulxakim Majitovich 45.4 balni qo‘lga kiritib 1-o‘rinni egalladi. Qibray tumani “Sa’dulla ota” jome masjidi imom-xatibi, Mirxamidov Obid Mirg‘ofir o‘g‘li 45 balni qo‘lga kiritib 2-o‘rinni egalladi. Zangiota tumani “Imomi A’zam” jome masjidi imom-xatibi, Shokirov Ilyos Abdisaidovich 44 balni qo‘lga kiritib 3-o‘rinni egalladi. Tanlov g‘oliblari – Ohangaron tumani “Abduqaxxor Maxsum” jome masjidi imom-xatibi, Akmalov Abdulxakim Majitovich tanlovning respublika bosqichiga ishtirok etish uchun yo‘llanma oldi.

O‘MI Toshkent viloyat vakilligi

 

 

Boshqa maqolalar

Ot izini toy bosar

14.08.2026   19723   1 min.
Ot izini toy bosar

Bismillahir Rohmanir Rohiym

O‘g‘il har oylik maoshini onasiga topshirar, uning yuzidagi tabassumni ko‘rib, o‘zini dunyodagi eng boy inson deb hisoblardi.
Yillar o‘tib, onasi olamdan o‘tdi. Navbatdagi maoshini olgan o‘g‘il bir zum ne qilarini bilmay qoldi-yu, bir qarorga keldi: «Pullarni onamning nomidan ehson qilaman».


Shu kundan e’tiboran, u har oy masjidlarga suv kullerlari o‘rnatishni odat qildi. Namozxonlar suv ichib, onasining haqiga duo qilishlaridan qalbi taskin topardi.


Kunlardan bir kun mahalla masjidida yangi kuller o‘rnatilganini ko‘rib, «Attang, bu safar kechikdim-a», deb o‘kindi. Shunda yoniga imom kelib:


– Xayrli hadya uchun rahmat, – dedi.

– Uzr, adashdingiz, shekilli. Buni men olib kelmadim...

– Yo‘q, adashmadim. Buni sizning nomingizdan o‘g‘lingiz keltirdi.

Orqasiga o‘girilgan ota jilmayib turgan o‘g‘liga ko‘zi tushdi.

– Bolam, bunga pulni qayerdan olding? – hayajondan ko‘zlari yoshlandi otaning.

– Ota, anchadan beri menga beradigan pullaringizni yig‘ib yurgandim. Siz buvijonim uchun xayrli ish qilayotganingizni ko‘rib, men ham siz uchun shunday qilishni istadim.


Otaning ko‘zlaridan quvonch yoshlari sizib chiqdi. U o‘g‘liga nasihat qilmagan, shunchaki o‘z amali bilan namuna bo‘lgandi.


Ha, farzandlar eshitgan gaplarini unutishi mumkin, ammo ko‘rgan amallarini hech qachon unutmaydi. Bugun ota-onamizga qilgan yaxshiligimiz ertaga farzandlarimizdan albatta qaytadi.


Akbarshoh RASULOV