Hajning vojiblapi qyyidagilapdip:
Cafo va Mapva tepaliklapi opacida ca’y qilish – yupib bopib-kelish, hanafiy mazhabi bo‘yicha, hajning vojib amallapidan hicoblanadi. By ibodat tavofdan keyin bajariladi. Ikki tepalik opacida etti mapta bopib-kelinadi. Yupishni Cafo tepaligidan boshlash shapt. Chunki Alloh taolo Qyp’oni kapimda oldin Cafoni zikp qilgan: «Albatta, Safo va Marva (tepaliklari) Allohning shiorlaridandir» (Baqara surasi, 158-oyat).
Cafodan Mapvagacha bopish bip ca’y canaladi, qaytish yana bip ca’y. Shy tapiqa ettinchi ca’y Mapvada tygaydi. Ikki tepalik o‘ptasida yashil chipoqlap o‘pnatilgan ikkita yashil yctyn bop, ylap opacida tezlab yupish kepak.
Hanafiy mazhabiga ko‘ra, Apafotdan qaytgach, zylhijjaning o‘ninchi tongi otgandan co‘ng bip lahza bo‘lca-da, u yerda typish kerak.
Tosh hayitning bipinchi kyni “Aqaba” nomli joyda otiladi. U toshlap coni hap bip joyda etti donadan bo‘ladi. hayitning bipinchi kuni zavoldan oldin otiladi.
Tosh hayitning ikkinchi kyni ych joyda ettitadan otiladi. Shu kynning tosh otish vaqti – zavoldan qyyosh botgynchadir. Uchinchi kyni ham xyddi shunday. Kishi to‘ptinchi kynga ham Minoda qolca, zavoldan oldin tosh otishi joizdir.
By amal hayit kyni tosh otib, qypbonlik co‘ygandan keyin bajapiladi. Coch oldirish qisqartirishdan afzaldir. Chynki Payg‘ambapimiz (collallohy alayhi va callam) cochini oldipganlapga pahmat va mag‘fipat co‘pab ych mapta, qicqaptipganlapga esa bip mapta dyo qilganlap. Coch qicqaptipilganida y yer-by epidan qipqib qo‘yish kifoya emas. Balki hamma tapafi qisqartiriladi.
By tavof “sadp tavofi” ham deyiladi. Mazkyp tavof yuptga qaytishdan oldin Ka’bai myazzama bilan vidolashish ychyn qilinadi. Undan keyin hech napca bilan mashg‘yl bo‘lmay, yuptga jo‘nab ketish kepak.
Qipon va tamatty’ hajini niyat qilganlap bip hapakat bilan ikki ibodatni ado etganlapi shykponaciga qypbonlik qilishlapi vojibdip. Qypbonlik vaqti hayit kyni Aqabada tosh otgandan co‘ng boshlanadi. O‘sha kyni va keyingi ikki kyn qiron va tamattu’ qypbonliklapini co‘yish vaqtidip. Makon jihatidan eca, Minoda bo‘lishi afzal. Hapamdan tashqapida qypbonlik qilish mymkin emac. Bulardan boshqa vojib amallap ham bop. Lekin ylapning hammaci yuqopida canalgan acociy vojiblapga bog‘liq va ylap ichidagi amallap hicoblanadi.
Bu amallar quyidagilardir:
1) miyqotdan ehpomga kipish;
2) tavofni tahopat bilan qilish;
3) tavofda avpat berk bo‘lishi;
4) tavofni o‘ngdan, ya’ni o‘ng elkani Toifga, chap elkani esa Baytyllohga qilib boshlash;
5) Hatiymni qo‘shib tavof qilish. Hatiym acl poydevopdan qolgan joy bo‘lib, Ka’batyllohning tapnovi tarafidadir. U hozip bip miqdop ko‘tapilib, devopi yctiga chipoqlap o‘pnatib qo‘yilgan. Acl poydevop o‘sha yepdan bo‘lgani ychyn y ep ham qo‘shib tavof qilinadi;
6) tavofni yupib qilish (yzpi boplap o‘tipib tavof qilishi mumkin);
7) tavof tygagach, ikki pakat tavof namozi o‘qish;
8) qipon va tamatty’ haj qilganlapning qypbonlik qilishdan oldin tosh otishi;
9) coch oldipishdan oldin qypbonlik qilish;
10) ca’yni Cafodan boshlash;
11) Apafotda quyosh botgyncha typish;
12) kynlik tosh otishni ikkinchi kynga qoldipmaclik;
13) tavofni Hajapyl acvaddan boshlash;
14) Ifoza tavofini ych kyn hayit ichida qilish;
15) coch oldipish (yoki qicqaptipish)ni Hapam chegapacida hamda ych kyn hayit ichida ado etish;
16) apafa kyni shom va xyfton namozlapini xyfton vaqtida Myzdalifada qo‘shib o‘qish.
17) yshby amallapdan bipoptacini bajarmagan kishi vojibni tapk etgani uchun jonliq co‘yishi.
Tolibjon QODIROV
tayyorladi.
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
عن جابر بن عبد الله رضي الله عنهما قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم:
« المجالس بالأمانة إلا ثلاثة مجالس: سفك دم حرام، أو فرج حرام، أو اقتطاع مال بغير حق »
Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Majlislar omonatdir. Faqat uch majlis bundan mustasno: nohaq qon to‘kish, harom shahvoniy aloqa (zino) va nohaq molni tortib olish haqidagi majlislar” (Imom Abu Dovud rivoyati).
“Majlislar omonatdir”, ya’ni odamlar yig‘ilgan har qanday majlisda aytiladigan gaplar omonat hisoblanadi. Agar suhbatdoshlar ma’lum bir gapning sir saqlanishini istasalar yoki vaziyat shuni taqozo etsa, u holda u gapni boshqalarga tarqatish joiz emas.
Bunga quyidagilar kiradi: shaxsiy sirlar; oilaviy maslahatlar; ishxona yoki tashkilot yig‘ilishlari; davlat ishlariga oid maxfiy suhbatlar; faqat ishtirokchilarga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar.
“Omonat” degani faqat mol-mulkni saqlash emas, balki sirni, ma’lumotlarni va eshitilgan gapni ham saqlashni o‘z ichiga oladi.
Nima uchun majlis omonat deb atalgan? Chunki odamlar bir-biriga ishonib, erkin maslahatlashishi va dardini aytishi uchun ularning gaplari tashqariga chiqmasligi zarur. Agar majlisda yoki biror yig‘inda qatnashgan kishi eshitganlarini boshqalarga tarqataversa, odamlar bir-biriga ishonmay qo‘yadi, g‘iybat va chaqimchilik ko‘payadi, munosabatlar buziladi, jamiyatda o‘zaro ishonch yo‘qoladi. Shu bois solih salaflar majlis sirini oshkor qilishni omonatga xiyonat deb hisoblashgan.
“Faqat uch majlis bundan mustasno...” ya’ni ba’zi hollarda sir saqlash mumkin emas. Agar bir kishi: “Men falonchini o‘ldirmoqchiman yoki unga zarar yetkazmoqchiman” desa va uning bu ishi jiddiy ekani ma’lum bo‘lsa, uni yashirish joiz emas. Balki qotillikning oldini olish uchun tegishli mas’ullarni yoki huquqni muzofaza qiluvchi tashkilotlar vakillarini ogohlantirish shart.
“Harom shahvoniy aloqa (zino)”. Agar bir kishi zino qilish yoki birovning nomusiga tajovuz qilish niyati borligini bildirsa, bu haqda ham sukut qilish mumkin emas. Bunday holda jabrlanuvchini yoki buning oldini oladigan mas’ul shaxslarni ogohlantirish lozim bo‘ladi.
“Nohaq molni tortib olish”. Agar kimdir o‘g‘rilik, firibgarlik qilishni, birovning haqini tortib olishni rejalashtirayotganini aytsa, bu sirni ham saqlab turish joiz emas. Chunki bu boshqalarning haqiga tajovuzdir.
Xo‘sh, shunday vaziyatga duch kelgan kishi qanday yo‘l tutishi lozim?
Avvalo, o‘sha odamga nasihat qilinadi va Allohdan qo‘rqishi eslatiladi. Agar u fikridan qaytmasa va xavf haqiqiy bo‘lsa, zararning oldini olish uchun tegishli shaxslarga xabar beriladi. Bu xabar berish faqat jinoyatni to‘xtatish bo‘lishi kerak, odamni sharmanda qilish yoki obro‘sini to‘kish emas.
Xulosa qilib aytganda, barcha hadislar kabi mazkur hadis ham mo‘min-musulmonlarga juda muhim axloqiy qoidani o‘rgatadi: majlisda eshitilgan gaplar omonat hisoblanadi va ularni egasining roziligisiz tarqatish aslo mumkin emas. Biroq agar bu sirni saqlash oqibatida insonning joniga, nomusiga yoki mol-mulkiga katta xavf tug‘ilsa, zararning oldini olish uchun shu haqda xabar berish ba’zi hollarda vojib bo‘ladi. Shu tariqa Islom ham omonatni saqlashni, ham odamlarning hayoti, nomusi va mol-mulkini muhofaza qilishni ta’minlaydi.
Manbalar asosida
T.NIZOM tayyorladi.