Arofatga chiqishdan oldin g‘usl qilish sunnatdir. Arofatda turish hajning asosiy rukni bo‘lib, bu ruknsiz haj bo‘lmaydi. Arafa kuni zavoldan boshlab, Arofatda turish vaqti kiradi. Makoni, Arofat deb nomlangan mashhur joy. Arofat chegarasidan boshqa joyda tursa, haji haj bo‘lmaydi. Arofatda Arafa kuni zavoldan hayit kuni tongigacha qay holda tursa ham, bir soat tursa soqit bo‘ladi. Bu yerda ham talbiya aytib turadi. Arofatda ham duoga zo‘r berish kerak, ayniqsa Jabali rahmat ustilariga chiqib duo qilish tavsiya qilingan. Arofatda peshin va asr namozlari bir azon va ikki iqomat bilan qo‘shib, qasr qilib o‘qiladi, peshin vaqtida. Haj amiri xutba o‘qiydi. Arofatda quyosh botguncha turish vojib hisoblanadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi tizimida faoliyat yuritayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida «Ustoz-shogird» an’anasini davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tashabbus doirasida tajribali imom-xatiblarning bilim va ko‘nikmalarini yosh hamkasblariga yetkazish, ularning kasbiy mahoratini oshirish, shuningdek, ilmiy-ijodiy va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatda o‘zaro tajriba almashish ko‘zda tutildi.
«Ustoz-shogird» maktabi soha xodimlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, to‘plangan tajribani yoshlarga yetkazish va diniy-ma’rifiy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi matbuot xizmati