Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Oktabr, 2026   |   19 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:32
Quyosh
06:52
Peshin
12:12
Asr
15:39
Shom
17:24
Xufton
18:38
Bismillah
30 Oktabr, 2026, 19 Jumadul avval, 1448

Jamarot

29.07.2016   26387   1 min.
Jamarot

Minoga kelgach tosh otish boshlanadi. Hayitning 1 – kuni yetti dona tosh otiladi. Toshni Muzdalifadan yo xohlagan boshqa joydan terib olsa bo‘ladi. Tosh hajmi no‘xatdek bo‘ladi. Tosh oldin otilgan bo‘lmasligi kerak. Tosh otish Ibrohim (a.s) dan qolgan bo‘lib, u zot o‘g‘lini qurbonlikka so‘yishga olib ketayotganlarida shayton ig‘vo qilmoqchi bo‘lganda, Ibrohim a.s. uni tosh otib quvgan.

Hayitning 1 – kuni Jamratul aqobada tosh otiladi. U jamratul kubro, jamratul uxro deb ham ataladi. Tosh aqobadan besh gaz uzoqlikdan turib, barmoqlarning uchi bilan otiladi. Har bir tosh “Allohu akbar” deb otiladi. Tosh agar maxsus joyga tushmasa, qayta otish vojib bo‘ladi. Birinchi toshni otgan zahoti “talbiya”ni to‘xtatadi. Tosh otish vaqti subhi sodiqdan, keyingi kunning subhigachadir. Tosh otgan zahoti u yerdan ketish kerak bo‘ladi. Keyingi kun subhigacha otilmasa, jonliq so‘yish vojib bo‘ladi. Kechasi otish makruh. Ammo ayollar, qarilar, kasallar kechasi otgani afzal. Tosh otayotgan joy 2 qavatli bo‘lib, qaysidan otsa ham bo‘laveradi.

Uzrli kishilarni toshini boshqa otsa ham bo‘ladi, faqat avval o‘zinikini otishi shart. Tosh otilgach, ifrod hajni niyat qilgan kishi soch oldiradi. Lekin u agar qurbonlik qilmoqchi bo‘lsa, avval qurbonlik qilib keyin sochini oldiradi. Qiron, Tamattu’dagilar shunday qilishi shart. Endi ehromda man qilingan ishlarning ayollardan boshqasi halol bo‘ladi.

Haj va umra
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

30 yillik fidoyi ustozga haj yo‘llanmasi va iqtidorli talabalarga rag‘bat ko‘rsatildi

28.10.2026   32623   1 min.
30 yillik fidoyi ustozga haj yo‘llanmasi va iqtidorli talabalarga rag‘bat ko‘rsatildi

Xorazm viloyati safari davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Urganch shahridagi “Imom Faxriddin ar-Roziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida bo‘lib, ustoz va talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
 

Muloqotda Muftiy hazratlari so‘nggi yillarda Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarga to‘xtalib o‘tdilar. Jumladan, diniy ta’lim sifatini tubdan takomillashtirilgani, yangi diniy ta’lim muassasalarining tashkil etilgani, Toshkent islom institutida magistratura yo‘lga qo‘yilgani, tizimdagi 50 dan ortiq pedagog-o‘qituvchilarning ilmiy darajalarga (PhD va DSc) ega bo‘lgani, shuningdek, yetakchi xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalari kengayayotgani alohida e’tirof etildi.


Shundan so‘ng Muftiy hazratlari ilm olish fazilati, vaqtning g‘animatligi, din va Vatan rivojiga munosib hissa qo‘shish hamda sohaga sadoqat masalalarida talaba-yoshlarga go‘zal va’z-nasihatlar qildilar. Eng quvonarlisi, bir guruh faol, ilmga chanqoq va qori bo‘lgan iqtidorli talabalarning shartnoma pullari to‘lab berilishi ma’lum qilinib, ularga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
 

Tadbir yakunida Muftiy hazratlari tomonidan diniy ta’lim tizimini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi va ko‘plab malakali shogirdlar yetishtirgani uchun 30 yildan ziyod tajribaga ega bo‘lgan madrasa mudiri Davronbek domla Abduqodirovga “Haj – 2027” yo‘llanmasi tantanali ravishda topshirildi.



Madrasadagi talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar va yangi barpo etilayotgan talabalar turar joyi bilan yaqindan tanishildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

30 yillik fidoyi ustozga haj yo‘llanmasi va iqtidorli talabalarga rag‘bat ko‘rsatildi 30 yillik fidoyi ustozga haj yo‘llanmasi va iqtidorli talabalarga rag‘bat ko‘rsatildi 30 yillik fidoyi ustozga haj yo‘llanmasi va iqtidorli talabalarga rag‘bat ko‘rsatildi 30 yillik fidoyi ustozga haj yo‘llanmasi va iqtidorli talabalarga rag‘bat ko‘rsatildi 30 yillik fidoyi ustozga haj yo‘llanmasi va iqtidorli talabalarga rag‘bat ko‘rsatildi 30 yillik fidoyi ustozga haj yo‘llanmasi va iqtidorli talabalarga rag‘bat ko‘rsatildi 30 yillik fidoyi ustozga haj yo‘llanmasi va iqtidorli talabalarga rag‘bat ko‘rsatildi 30 yillik fidoyi ustozga haj yo‘llanmasi va iqtidorli talabalarga rag‘bat ko‘rsatildi 30 yillik fidoyi ustozga haj yo‘llanmasi va iqtidorli talabalarga rag‘bat ko‘rsatildi
O'zbekiston yangiliklari