Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Avgust, 2026   |   13 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:18
Quyosh
05:43
Peshin
12:25
Asr
17:09
Shom
19:10
Xufton
20:30
Bismillah
26 Avgust, 2026, 13 Rabi`ul avval, 1448

Aziz Vatanim, hur diyorim mening

27.07.2016   10606   3 min.
Aziz Vatanim, hur diyorim mening

«O‘zbekiston – muqaddas Vatan, ota-bobolarimiz yotgan yer, o‘zimiz yotadigan yer. Farzandlarimizni shu zaminga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalblarida shu muborak zaminning har qarichiga mehru muhabbat uyg‘otish bugungi kunning eng ustivor fazilatlaridan biriga aylanayotgani hammamizni quvontiradi».                           

                                Islom Karimov

O‘zbekiston mustaqilligining 25 yili mobaynida barcha sohalar  qatori diniy sohada ham ulkan muvaffaqiyatlarga erishildi. Bu davrda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida erishilgan  eng katta yutuqlarimizning asosiylarini eslasak, quyidagilarni aytish mumkin:

  • O‘MI ta’lim tizimi shakllandi va xalqaro miqyosda e’tirof etildi.

  • O‘MI raisi, muftiy Usmonxon Alimov va rais o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur Islom olamidagi eng mo‘tabar xalqaro tashkilotlarga a’zo etib saylanishdi va bu tashkilotlar ishida faol ishtirok etishmoqda.

  • O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan barcha masjidlar malakali, diplomli kadrlar bilan to‘liq ta’minlandi.

  • Diniy sohada xalqaro miqyosda e’tirof etilayotgan yutuqlardan Yurtboshimiz tashabbusi bilan Samarqandda ochilib, faoliyat olib borayotgan Imom Buxoriy xalqaro markazi faoliyati tahsinga loyiq.

  • Masjidlar obodonchiligi va namozxonlar uchun shakllangan sharoit dunyoning hech bir mamlakatida mavjud emas.

  • Mamlakatimizda buyuk bobokalonlarimiz qo‘nim topgan ziyoratgohlar qayta tiklandi, obod etildi. Hazrati Imom majmuasi bunyod etilgani va diniy idora yangi binoga ko‘chib o‘tgani, shubhasiz eng katta yutuqlarimizdan biridir.

  • 2007 yil xalqaro ISESCO tashkiloti tomonidan “Toshkent – islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi yurtimiz tarixiy ilmiy merosi o‘rganilishi, xalqimizga yetkazilayotgani va qadimiy arxitektura ansambllari tiklanishi va obodonchiligiga yetarli e’tibor berilayotganining xalqaro miqyosda e’tirof etilishidir.

  • Diniy adabiyotlar nashri yurtimiz musulmonlari ehtiyojini to‘liq qondirmoqda.

  • Milliy domenda faoliyat olib borayotgan 20 dan ziyod saytlar yurtimiz musulmonlari uchun to‘laqonli xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida erishilgan eng katta yo‘nalishdagi yutuqlardan biri - bu diniy sohadagi matbuot, davriy nashr va milliy domenda yurtimiz musulmonlari uchun faoliyat olib borayotgan elektron internet saytlaridir.

Haq subhonahu va taolo Kalomi sharifida marhamat qilib, O‘zi bandalari uchun bergan ne’matlari haqida odamlarga yetkazish va bu ne’matlar shukronasini bildirish kerakligi haqida shunday bayon qiladi:

Rabbingizning (Sizga ato etgan barcha) ne’mati haqida esa (odamlarga)

so‘zlang! (Zuho surasi, 11 – oyat).

No‘mon ibn Bashir (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) dedilar: “Kim ozga shukr qilmasa, ko‘pga shukr qila olmaydi. Kim insonlarga shukr qilmasa, Allohga shukr qila olmaydi. Ne’matlarni gapirish shukrdir.”

Yaratgan Zot O‘zi biz bandalariga ne’matlari haqida so‘zlashimizni buyurgani va Payg‘ambarimiz s.a.v. “ne’matlar haqida gapirish shukrdir”,- deb marhamat qilganlari aynan matbuot va nashriyot sohasida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan qalamkash ijod ahliga ham taalluqlidir. Zero barchaga, xususan yurtimiz musulmonlariga mustaqillikdek buyuk ne’mat sharofati bilan erishilayotgan yutuqlar haqida yozish, gapirish va ular haqida yetkazish ijod ahlining to‘g‘ridan to‘g‘ri bajaradigan sharafli vazifasidir.

Darhaqiqat, mustaqillik sharofati bilan diniy ijod ahliga erkinlik berilib, tinchlik va ezgulik dini bo‘lgan muqaddas Islom dinining va mamlakatimiz musulmonlari hayotining barcha jabhalari haqida ijod qilishga ilhom berdi.  

                                                         

                                     Jaloliddin  Nuriddinov

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Diniy ta’lim sohasida ilk bor Respublika anjumani bo‘lib o‘tadi

19.08.2026   46143   1 min.
Diniy ta’lim sohasida ilk bor Respublika anjumani bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 19-20 avgust kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» nomli I ilmiy-amaliy anjumani Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tadi.

Davlatimiz Rahbari tomonidan har jabhada olib borilayotgan yangilanish va islohotlarga hamohang tarzda Diniy idora tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda jami 700 nafar pedagog va soha mutaxassisi, jumladan, 300 nafar ishtirokchi bevosita anjuman zalida, 400 nafar ishtirokchi esa hududlardan videoselektor orqali qatnashadi.

Anjumandan ko‘zlangan maqsad sohadagi istiqbolli rejalarni muhokama qilish, diniy ta’limda pedagogik va kasbiy mahoratni oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni yanada keng tatbiq etish hamda diniy ta’limni yangi bosqichga olib chiqishdir.

Dastur doirasida soha rahbarlari ishtirokida tahliliy ma’ruzalar, taniqli professorlar tomonidan mahorat darslari, ilmiy-metodik mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi bilan yaqindan tanishib, Hazrati Imom majmuasidagi tarixiy qadamjo va obidalarni ziyorat qilishadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari