Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Avgust, 2026   |   6 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:09
Quyosh
05:36
Peshin
12:27
Asr
17:16
Shom
19:21
Xufton
20:43
Bismillah
19 Avgust, 2026, 6 Rabi`ul avval, 1448

Qalbni tuzatish uchun o'qiladigan duo

16.01.2024   11258   5 min.
Qalbni tuzatish uchun o'qiladigan duo

Inson qalbi doimo bir xil holatda turmaydi. U muntazam ravishda o'zgarib turadi. Qalbning tinmasdan harakat qilishi go'yo biqillab qaynayotgan suvga o'xshaydi.

Qalb o'zgarib turar ekan, uni tinchlantirish uchun ko'p zikr qilish kerak. Banda Alloh taoloni qancha ko'p zikr qilsa, uning qalbi shuncha orom topadi, sokin bo'ladi. Agar qalb zikr bilan oziqlantirilmasa, u kasallanadi, keyin uni davolash, boshqarish mushkul bo'ladi.

Ulamolar aytadilar: “Qalbni isloh qilish hatto sahobalar ham uchragan eng mashaqqatli ishdir. Qalbni tarbiyalash uzoq yillarni talab qiladi”.

Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhu: “Biz Qur'oni karimdan o'n oyatni o'qirdik. So'ngra uni yodlab olardik, oyatning ma'nosini tafakkur etib, unga amal qilardik, keyin boshqa oyatni o'qirdik”, deganlar.

Ha, qalb pokligiga erishishda amal muhim o'rin tutadi. Masalan, xorijiylar ham Qur'on o'qiydi, lekin ularning Qur'oni halqumidan nariga o'tmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ular haqida ogohlantirib:“Ular Qur'onni o'qiganda o'zlarining foydasiga deb o'ylaydilar, aslida esa u ularning zararigadir”,deganlar.

Suv olovda uzoq vaqt qolib ketsa, suv parlanib yo'q bo'lib ketadi. Natijada, bir tomchi ham suv qolmaydi. Shuning uchun, banda nihoyatda ehtiyotkorlik bilan, asta-sekin, bosqichma-bosqich qalbini poklash va isloh etishga harakat qilishi lozim.

Haddan oshib, go'yo lovullab yonib, so'ngra bir zumda kulga aylanadigan olovga o'xshmaslik kerak. Hech kim qalb pokligiga osonlik bilan erishmagan. Bu – bir lahzada sodir bo'ladigan ish ham emas.

Banda hamisha qalbini isloh qilish harakatida bo'lishi lozim. Bu borada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo'lgan 2 duoni muntazam o'qib yurish talab etiladi. Bu ikki duo bir-biriga juda yaqin, ammo orasida ayrim farqlari bor. Ularning birinchisi quyidagicha:

يَا مُقَلِّبَ الْقُلُوبِ ثَبِّتْ قَلْبِي عَلَى دِينِكَ

Ya muqollibal qulub, sabbit qolbiy 'ala diynika.

Ey qalblarni aylantiruvchi Zot, qalbimni diningda sobit qilgin.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ushbu duoni boshqa duolardan ko'ra ko'proq o'qirdilar. Biz-chi, bu duoni bir kunda necha marta o'qiyapmiz? Bu duoni ko'p o'qishga odatlanaylik. Zero, bizning qalbimiz bilan Nabiy alayhissalomning qalblari orasida qancha katta farq bor?!

Ikkinchi duo:

اللَّهُمَّ مُصَرِّفَ القُلُوبِ صَرِّفْ قُلُوبَنَا علَى طَاعَتِكَ

Allohumma musorrifal quluub sorrif quluubana 'alaa to'atik.

Qalblarni (O'zi istagan tarafga) buruvchi Allohim, qalbimizni toatingga burib qo'ygin.

Birinchi duoda, Alloh taolodan qalbimizni dinda, solih amallarda sobitqadam etishi va Allohning g'azabiga sabab bo'luvchi gunohlardan uzoq qilishi so'ralyapti.

Ikkinchi duoda esa, Allohdan qalbimizni xayrli ishlarga boshlashi va burib qo'yishi so'ralyapti.

 Alloh taolo qalbimizni hidoyatida bardavom qilsin!

O'zining roziligini topadigan solih amallarga boshlasin!

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Paxtachi tumanida 60 nafar bola maktab uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlandi

19.08.2026   7903   1 min.
Paxtachi tumanida 60 nafar bola maktab uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlandi

Ularga maktab kiyimlari, poyabzal va ryukzaklar bepul berildi.

Xayriya aksiyasi Toshko‘prik masjidi imomi Doniyor Matlabov tashabbusi bilan o‘tkazildi, xabar bermoqda «Samarkandskiy vestnik» nashri.

Masjid ahli va homiylar ko‘magida 35 ta ehtiyojmand oila farzandlari uchun yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha zarur narsalar xarid qilindi. Sovg‘alar maktab o‘quvchilariga topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari