Sayt test holatida ishlamoqda!
30 Avgust, 2026   |   17 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:24
Quyosh
05:47
Peshin
12:24
Asr
17:04
Shom
19:04
Xufton
20:23
Bismillah
30 Avgust, 2026, 17 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

26.07.2024   7075   1 min.
O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

Joriy yil 25-26-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi tomonidan Qozon shahrida tashkil etilayotgan “Ma’naviy ipak yo‘li: Katta Yevroosiyo makonida an’anaviy qadriyatlarning ma’nosi” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-teologik konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Ushbu konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari O.Saliyev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari M.Muhammadsiddiqov hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori U.G‘afurov ishtirok etmoqda.

 

Konferensiyada “Ma’naviy ipak yo‘li: Katta Yevroosiyo hududida an’anaviy qadriyatlarning ahamiyati”, “Katta Yevroosiyo xalqlari: kundalik diniy hayotning zamonaviy etnografik tadqiqotlari”, “Qur’onning zamonaviy islom madaniyati va ta’limda aks etish shakllari” kabi mavzular muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

 

Ma’lumot uchun, Ushbu konferensiyada Rossiya, Xitoy, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, BAA, Bahrayn, Qatar, Hindiston, JAR, Efiopeya, Braziliya, Xitoy, Eron, Misr, Belorus, Mongoliya davlatlarining musulmon diniy idoralari, tegishli tashkilotlari hamda ekspertlari ishtirok etmoqda.

 

Ushbu konferensiya dastlab 2016-yil Xitoyning Urumchi shahrida bo‘lib o‘tgan, keyinchalik, 2017-yil Qozon, 2018-yil Bishkek, 2019-yil Ostona shahrida tashkil etilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sietl shahri 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi

28.08.2026   32327   1 min.
Sietl shahri 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb e’lon qildi

AQSHning Sietl shahri meri Keti B. Uilson 2026 yil 1 sentyabrni “O‘zbekiston Mustaqilligi kuni” deb rasman e’lon qildi. Bu haqda shahar meri tomonidan imzolangan maxsus proklamatsiyada qayd etilgan.

 

Hujjatda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi, mamlakatning shu davr mobaynida suverenitet, taraqqiyot va keng ko‘lamli o‘zgarishlar yo‘lini bosib o‘tgani alohida ta’kidlangan.


Shuningdek, proklamatsiyada O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat ekani, iqtisodiyot yillik 5–6 foiz atrofida o‘sib borayotgani, ochiq bozor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga intilayotgani qayd etilgan.

 

Hujjatda O‘zbekistonning qadimiy Ipak yo‘li markazida joylashgani va bugungi kunda 100 milliondan ortiq iste’molchini qamrab oluvchi mintaqaga strategik darvoza vazifasini bajarayotganiga ham urg‘u berilgan. Bu esa savdo, investitsiya, logistika, texnologiya va energetika sohalarida Sietl biznes hamjamiyati bilan hamkorlik uchun katta imkoniyat sifatida baholangan.

 

Bundan tashqari, O‘zbekistonning Sietldagi Bosh konsulligi faoliyati ikki tomon o‘rtasida odamlar, biznes va davlat idoralari darajasida uzoq muddatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan.

 

https://t.me/Rasmiy_axborot_official

O'zbekiston yangiliklari