frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI

02.08.2024   19292   1 min.
DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI

Kecha, 1 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan “Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida kirish imtihoni boshlandi. Ushbu dargoh oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga 2024-2025 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladigan 6 ta hududning birinchisi sanaladi. 

Erta tongdan mazkur hududga 348 nafar abituriyent imtihon topshirish uchun yetib keldi. Bu yerda abituriyentlar va ularning ota-onalariga barcha zarur sharoitlar qilingan.  

Imtihon boshlanish oldi o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi mudiri Salohiddin Sherxonov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mas’ul xodimi Elyor Alimqulov, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi Bahramiddin domla Razov, soha vakillari, o‘qituvchi-murabbiylar, ota-onalar va abituriyentlar ishtirok etdi. 

Qur’oni karim tilovati bilan boshlangan marosimda so‘zga chiqqanlar yurtimizda diniy ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor to‘g‘risida so‘zlash barobarida imtihon haqida abituriyentlarga batafsil tushuncha va tavsiyalar berib o‘tdilar.

Ushbu jarayonni soha mutasaddilari va hamkor tashkilot vakillaridan iborat kuzatuvchilar nazorat qilib bormoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI DINIY TA’LIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Erhan Afyonju: O‘zbekiston – turkiy sivilizatsiyaning eng go‘zal shaharlari joylashgan zamin

18.08.2026   26934   1 min.
Erhan Afyonju: O‘zbekiston – turkiy sivilizatsiyaning eng go‘zal shaharlari joylashgan zamin

Turkiyaning “CNN-Türk” telekanalida efirga uzatilgan “Tafakkur doirasi” dasturida so‘zga chiqqan taniqli olim, Milliy mudofaa universiteti rektori, professor Erhan Afyonju O‘zbekistonning boy tarixiy merosi va sayyohlik salohiyati haqida fikr yuritdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Ko‘rsatuvda qatnashgan turk tarixchisi Erhan Afyonju O‘zbekistonni turkiy sivilizatsiyaning eng go‘zal shaharlari joylashgan alohida geografik hudud sifatida ta’riflagan.

Olimning fikricha, juda ko‘pchilik sayyohlar O‘zbekistonni o‘z ko‘zi bilan ko‘rishni istaydi. Chunki dunyoga mashhur Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi shaharlar ana shu zaminda joylashgan.

Turk tarixchisi yoshlarga murojaat qilib, xorijga sayohat qilishni, avvalo, Turkiy dunyo mamlakatlarini kashf etish, ajdodlar yurti bilan yaqindan tanishishdan boshlash lozim ekanini ta’kidladi.

“Yoshlarga tavsiyam shuki, hozir xorijga sayohat qilmoqchi bo‘lsangiz, avvalo Turkiy zaminni aylaning. Masalan, O‘zbekistonga borib, tarixiy shaharlarni ko‘rib keling, ajdodlaringiz yurti bilan tanishing. So‘ng Saljuqiylar davlati barpo etilgan zaminlarni ko‘ring”, – dedi professor.

Erhan Afyonjuning ta’kidlashicha, bunday sayohatlar yoshlar uchun har tomonlama foydali va qiziqarli bo‘lib, ularning tarixiy xotirasi va dunyoqarashini boyitadi.

“Masalan, Samarqandning go‘zalligini dunyoning ko‘p joylarida topa olmaysiz. Ayniqsa, turk yoshlari o‘z ajdodlari yashagan zaminni borib ko‘rishlari lozim”, – dedi olim.

Professor O‘zbekistonni turkiy sivilizatsiyaning asosiy beshiklaridan biri, ilm-fan markazi sifatida ham alohida e’tirof etgan.

Shuningdek, turk tarixchisi O‘zbekistonning nafaqat tarixiy va madaniy, balki geografik jihatdan ham yashash uchun qulay hudud ekanini ta’kidlagan.

Dastur davomida professor bildirgan fikr-mulohazalar Turkiya jamoatchiligi orasida O‘zbekistonning tarixiy shaharlari, boy madaniy merosi va turizm salohiyatiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari