Mingbuloq tumanining markaziy masjidida tumanda faoliyat yuritayotgan otinoyilar uchun navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi. Unda viloyat bosh imom-xatibi ushbu o‘quv-seminar ishi bilan yaqindan tanishib, o‘zini ko‘rsatmalarini berdi.
O‘quv-seminarda otinoyilarning funksional vazifalarini, ilmiy salohiyatlarini oshirish, islom ta’limotida nikoh munosabatlari, o‘zaro tenglik va majburiyat, oila muqaddasligi, jamiyat va oilada ayollarning huquq va burchlari, er-xotin, qaynona-kelin munosabatlari kabi qadriyatlarimizni asrash bugungi kunning muhim vazifalaridan ekanini aytib o‘tildi.
Ushbu o‘quv-seminar muntazam olib borilishini yana bir bor ta’kidlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
Bugun, 10 avgust kuni Xorazm viloyati Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida xayrli va saxovatpesha tadbir tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi hamda yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili munosabati bilan Urganch shahar bosh imom-xatibi Hasanboy domla va saxovatpesha homiylar tashabbusi bilan boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi.
Tadbir doirasida maktab yoshidagi o‘quvchilarga yangi o‘quv yili uchun zarur bo‘lgan maktab formasi, sumka va to‘liq o‘quv qurollari to‘plamlari tantanali ravishda topshirildi.
Marosim yakunida yurtimiz tinchligi, xonadonlar fayzu barakasi va xayrli ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga ezgu duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati