Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Yanvar, 2026   |   3 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:20
Quyosh
07:43
Peshin
12:40
Asr
15:45
Shom
17:31
Xufton
18:47
Bismillah
22 Yanvar, 2026, 3 Sha`bon, 1447
Yangiliklar

12.08.2024   2161   1 min.
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Azon va iqoma bo‘yicha ijozaga tayyorlov mashg‘ulotlari boshlandi

21.01.2026   1801   1 min.
Azon va iqoma bo‘yicha ijozaga tayyorlov mashg‘ulotlari boshlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan azon va iqoma bo‘yicha ijoza berish an’anasi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu ezgu tashabbus doirasida 2026 yil 21 yanvardan boshlab “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari o‘qituvchilari hamda oliy va o‘rta islom ta’lim muassasalari ustozlari uchun “Azon darslari” tashkil etildi. 


Bugun “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limida mutaxassislarni azon va iqoma bo‘yicha ijozaga tayyorlash maqsadida amaliy mashg‘ulotlar boshlandi. Darslar bo‘lim boshlig‘i Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum rahbarligida o‘tkazilmoqda.


Darslarda Toshkent islom instituti va “Ko‘kaldosh” madrasasi qoshidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari o‘qituvchilari hamda mazkur ta’lim muassasalari ustozlari ishtirok etdi. Tinglovchilarning azon va iqoma bo‘yicha mahorati yakka tartibda baholanib, zarur tavsiyalar berildi.


Mashg‘ulotlar yakunida tinglovchilarga azon va iqoma bo‘yicha ijoza guvohnomalarini topshirish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Azon va iqoma bo‘yicha ijozaga tayyorlov mashg‘ulotlari boshlandi Azon va iqoma bo‘yicha ijozaga tayyorlov mashg‘ulotlari boshlandi Azon va iqoma bo‘yicha ijozaga tayyorlov mashg‘ulotlari boshlandi Azon va iqoma bo‘yicha ijozaga tayyorlov mashg‘ulotlari boshlandi Azon va iqoma bo‘yicha ijozaga tayyorlov mashg‘ulotlari boshlandi Azon va iqoma bo‘yicha ijozaga tayyorlov mashg‘ulotlari boshlandi
O'zbekiston yangiliklari