Ahli sunna val jamoaning aqidasiga ko'ra, Alloh taolo makondan holidir. Biror joydan boshqa joyga ko'chish, umuman, makonga muhtojlik Alloh taologa aslo xos emasdir. U zot Osmonlar-u Yerning yaratuvchisi bo'lsa, qanday ham O'zi yaratgan narsaga joylashib olsin?!
لا يشبه شيئا من الاشياء من خلقه و لا يشبهه شئ من خلقه
Alloh O'zi yaratgan narsalardan birortasiga o'xshamaydi, yaratganlaridan birortasi ham Unga o'xshamaydi. (Abu hanifa. Fiqhul akbar. Aqoid matnlari. Toshkent 2006. B- 21)
Aqida ulomalari shundan kelib chiqib: Alloh taolo birir makonda bo'lishdan holidir, chunki makonda bo'lish yaralmishlarning sifatidir, deganlar.
Yana bir hanafiy olim Sirojiddin al-O'shiy rohimahulloh o'zlarining “Badul amoliy” manzumalarida
و ربّ العرش فوق العرش لكن، بلا وصف التمكّن و اتصال
Arshning Robbisi Arshdan yuqori, biroq,
Joylashish, o'rnashish vasfidan yiroq
Deya bu boradagi e'tiqodimiz qanday bo'lishini bayon qilgan.
Afsuski, ba'zi ilm ahllari ahli sunnat va jamoatning ko'pgina ittifoqiy gaplaridan va butun Islom ummatining ijmo' qilgan masalalaridan ko'pchiligiga qarshi chiqib bugungi kunda vahhobiy, salafiy va zohiriy kabi nomlar bilan nomlanayotgan Ibn jamoasini ikkilanishlarga musulmonlarning esa adashuviga sababchi bo'ldi. Aslida, bunday noto'g'ri e'tiqodning asosi mujassimalik va mushabbihalik fikrlari bilan to'lib-toshgan, ahli sunnat va jamoat ta'limotidan mutlaqo uzoq rivoyatlar bilan to'ldirilgan asarlardan olingan.
Vahhobiylar bu asarni Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhining o'g'li Abdulloh rahimahulloh yozgan, deb da'vo qilib ham nashr etganlar.
أنا أشعرى أعتقد أنّ القرآن معنى قائم بذات الله و هو صفة من صفات ذاته القديم و هو غير مخلوق و ليس بحرف و لا صوت و أنّ قوله الرحمن على العرش استوى ليس على ظاهره و لا أعلم كنه المراد به بل لا يعلمه الا الله و القول فى النزول كالقول فى الإستواء Men ash'ariyman! Qur'onni Alloh taoloning zotida qoim va Uning qadimiy sifatlaridan biri deb e'tiqod qilaman. Qur'on yaratilgan emas. U harf ham, ovoz ham emas. Allohning: “Rahmon Arshga “istivo” qildi”, degan gapi zohiriga qarab hukm qilinmaydi. Uning asl ma'nosini bilmayman. Balki uni Alloh taolodan o'zga hech kim bilmaydi. “Nuzul” (“Tushish”) haqidagi gap ham xuddi “istivo”da aytilgani kabidir!”. (Ibn Hajar al-Asqaloniy. ad-Durar al-komina fiy ayon al-miat as-somina. 1-jild. – Bayrut: Dor al-Jiyl, 1993. – B. 148).
Alloh taolo insonga tavfiq bersin ekan. Aks holda, ilm-irfon, taqvo va parhezgorlik, ixlosli amal insonni noto'g'ri aqidadan qutqara olmas ekan.
Afsuski, mazkur aqidaga nisbat berilgan kishining asossiz va botil aqidasidan hamda mujassimalik g'avg'osidan qaytganligi va tavba qilganiga e'tibor bermasdan, aniqrog'i, uning ana shu gap-so'zlarini ham, tavbasini ham ommadan yashirgan holda ana shu asossiz va botil aqidasi hamda mujassimalik g'avg'osini ko'tarib yurganlar keyingi davrlarda paydo bo'laverdi. Ahli sunnat va jamoatning haqqoniy olimlari: “Alloh taolo biror makondan o'rin olmaydi va Unda biror zamon ham joriy bo'lmaydi”, degan qat'iy aqidada barqarordirlar!
Bu e'tiqodning to'g'ri ekaniga “Sahih al-Buxoriy”da kelgan:
كان الله تعالى و لم يكن شئ غيره
“Alloh taolo bor edi, undan boshqa hech narsa bo'lmagandi”, degan hadisi sharifni keltirish mumkin (Buxoriy rivoyat qilgan, 4/3191).
TII talabasi 403- guruh
Anvarova Mohigul
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi (https://uzbekistan2030.uz/uzc/muhokama).
Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 2025 yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va maqsadli ko‘rsatkichlar nazarda tutilmoqda.
Loyihada atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalari, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yo‘nalishlarida 2025 yilga mo‘ljallangan keng ko‘lamli islohotlar nazarda tutilgan.
Loyiha 2025 yil 22 yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.
Har bir yurtdoshimiz 2025 yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, o‘z takliflarini uzbekistan2030.uz onlayn portali va regulation.gov.uz veb-saytlari orqali bildirishlari mumkin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati