Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Sentabr, 2026   |   4 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:43
Quyosh
06:03
Peshin
12:18
Asr
16:43
Shom
18:37
Xufton
19:52
Bismillah
15 Sentabr, 2026, 4 Rabi`us soni, 1448
Yangiliklar

Otinoyilarga navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi

19.08.2024   7922   1 min.
Otinoyilarga navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi

Namangandagi Davlatobod tumanida joylashgan Madaniyat markazida viloyatda faoliyat yuritayotgan  otinoyilar uchun navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Unda notiqlar otinoyilarning asosiy vazifalari, ilmiy salohiyatini oshirish, Islomda nikoh: o‘zaro tenglik va majburiyat, oila muqaddasligi, jamiyat va oilada ayollarning huquq va burchlari, er-xotin, qaynona-kelin munosabatlari kabi qadriyatlarimizni asrash bugungi kunning muhim vazifalaridan ekanini anglash va uni jamiyatga to‘g‘ri va tizimli tushuntirish borasida ma’ruzalar qildi.

Shuningdek, dinimizda shirk, bid’at-xurofot tushunchalari, Islom shariatiga oid fiqhiy atamalar tasnifi kabi mavzularda savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Namangan viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati

Otinoyilarga navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi Otinoyilarga navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi Otinoyilarga navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxoroda ko‘zi ojiz bolajonlarga kuzgi kiyimlar ehson qilindi

10.09.2026   42680   1 min.
Buxoroda ko‘zi ojiz bolajonlarga kuzgi kiyimlar ehson qilindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Buxoro viloyati filiali tomonidan saxovatpesha homiylar ko‘magida Buxoro shahridagi 24-son “Nurli maskan” ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida xayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida internatda ta’lim olayotgan bolajonlarga 120 dona kuzgi sport kiyimlari ehson qilindi.

Ushbu xayriya tadbiri orqali bolajonlarning kuzgi mavsumni yanada qulay va xushkayfiyatda qarshi olishlariga ko‘maklashildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari