Namangandagi Davlatobod tumanida joylashgan Madaniyat markazida viloyatda faoliyat yuritayotgan otinoyilar uchun navbatdagi o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Unda notiqlar otinoyilarning asosiy vazifalari, ilmiy salohiyatini oshirish, Islomda nikoh: o‘zaro tenglik va majburiyat, oila muqaddasligi, jamiyat va oilada ayollarning huquq va burchlari, er-xotin, qaynona-kelin munosabatlari kabi qadriyatlarimizni asrash bugungi kunning muhim vazifalaridan ekanini anglash va uni jamiyatga to‘g‘ri va tizimli tushuntirish borasida ma’ruzalar qildi.
Shuningdek, dinimizda shirk, bid’at-xurofot tushunchalari, Islom shariatiga oid fiqhiy atamalar tasnifi kabi mavzularda savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Namangan viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
Tili va dili bilan iymon keltirib, uning taqozosiga ko‘ra go‘zal hayot kechirgan inson komil mo‘min deyiladi. Bunday kishilar do‘zax yuzini ko‘rmay, Allohning fazli-marhamati ila to‘g‘ri jannatga kiradilar. Tili va dili bilan iymon keltirib, katta gunohlar qilib, tavba qilmay vafot etgan inson fosiq mo‘min hisoblanadi...
Tili bilan iymon keltirib, qalbida iymoni bo‘lmagan kimsa munofiq hisoblanadi. Bunday kishiga dunyoda mo‘minlarga o‘xshab muomala qilingani bilan oxiratda ular uchun hech qanday nasiba bo‘lmaydi, Alloh asrasin.
Shayx Nuriddin XOLIQNAZARning “Rabboniy nidolar” kitobidan