Mustaqillikning 33 yilligiga sanoqli kunlar qoldi. An’anaga ko‘ra, qutlug‘ ayyom arafasida hasharlar uyushtirilib, obodlikdan dillar yorishadi.
Toshkent shahrida joylashgan masjidlarda ham bugun, 24 avgust kuni umumxalq hashari tashkil etildi. Masjidlar ozoda etilib, qutlug‘ bayramga tayyorgarlik boshlab yuborildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi “Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyot-matbaa ijodiy uyining “Hidoyat” va “Mo‘minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasiga 2027 yil uchun obuna mavsumiga start berildi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan ma’rifiy tadbirda soha mutasaddilari, imom-xatiblar va otinoyilar ishtirok etdi. Unda so‘z olganlar jamiyatda sof ma’rifatni yoyish, aholi, ayniqsa, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirishda diniy-ma’rifiy nashrlarning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladilar.
Tadbir davomida yakunlanayotgan mavsumda obuna ishlarini namunali tashkil etgan faol diniy soha xodimlariga minnatdorlik bildirilib, yangi yilda ham bu xayrli ishlarni yuqori saviyada davom ettirish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
Barcha yurtdoshlarimizni “Hidoyat”, “Mo‘minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasiga 2027 yil uchun obuna bo‘lishga, xonadonlarga ziyo ulashishdek savobli tashabbusda faol ishtirok etishga chorlaymiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati