Janoza namozi to'rt takbirdan iborat bo'lib, uni o'qish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
“Janoza namozini xolis Alloh taolo uchun imomga iqtido qilgan holda o'qishni niyat qildim”.
اللهُ أَكْبَر
سُبحَانَكَ اللهم وبحمدك وتبارك اسمُكَ وتَعَالى جَدُّكَ ولا إله غيرك
“Subhanakallohumma va bihamdika va tabarokasmuka va ta'ala jadduka va laa ilaha g'oyruk”.
Eslatma! Ba'zilar imom “Allohu akbar” deb aytganda boshini ko'tarish holati ko'zatiladi. Bunday qilish nojoiz.
اللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِ مُحَمَّدٍ كَمَا صَلَّيْتَ عَلَى إِبْرَاهِيمَ وَعَلَى آلِ إِبْرَاهِيمَ إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ اللَّهُمَّ بَارِكْ عَلَى مُحَمَّدٍ وَعَلَى آلِ مُحَمَّدٍ كَمَا بَارَكْتَ عَلَى إِبْرَاهِيمَ وَعَلَى آلِ إِبْرَاهِيمَ إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ
“Allohumma solli 'ala Muhammad va 'alaa aali Muhammad, kamaa sollayta 'ala Ibrohiyma va 'alaa aali Ibrohiym, innaka hamiydum majiyd.
Allohumma baarik 'alaa Muhammad va 'alaa aali Muhammad, kamaa baarokta 'alaa Ibrohiyma va 'alaa aali Ibrohiym, innaka hamiydum majiyd”.
اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِحَيِّنَا وَمَيِّتِنَا وَشَاهِدِنَا وَغَائِبِنَا وَصَغِيرِنَا وَكَبِيرِنَا وَذَكَرِنَا وَأُنْثَانَا اللَّهُمَّ مَنْ أَحْيَيْتَهُ مِنَّا فَأَحْيِهِ عَلَى الإِسْلاَمِ وَمَنْ تَوَفَّيْتَهُ مِنَّا فَتَوَفَّهُ عَلَى الإِيمَانِ
“Allohum-mag'fir lihayyinaa va mayyitinaa va shaahidinaa va g'oibinaa va sog'iyrinaa va kabiyrinaa va zakarinaa va unsaanaa. Allohumma man ahyaytahu minnaa fa ahyihi 'alal Islaam va man tavaffaytahu minnaa fatavaffahu 'alal iymaan”.
Ma'nosi: Allohim, bizning tiriklarimiz va mayyitlarimiz, hozirlarimiz va g'oiblarimiz, kichiklarimiz va kattalarimiz, erkaklarimiz va ayollarimizni mag'firat qilgin! Allohim, Sen bizlardan kimni yashatadigan bo'lsang, uni Islomda yashatgin. Bizlardan kimni vafot ettirsang, uni imonda vafot ettir.
اَلسَّلاَمُ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَةُ الله
Eslatma! Janoza namoziga kech qolgan kishi qancha takbir qoldirgan bo'lsa, imom salom berganidan keyin etkazib qo'yadi. Chunki janoza namozidagi to'rt takbir to'rt rakat hisobidadir. Rakatsiz namoz bo'lmaganidek, takbirsiz janoza namozi ham bo'lmaydi. Hatto bitta takbir aytilmay qolsa ham, janoza namozi hisobga o'tmaydi, uni qayta o'qish kerak bo'ladi. Takbirni imom bilan birga jamoatdagi har bir kishi o'zi ichida aytishi lozim.
“Sunnatga muvofiq namoz o'qing” kitobidan olindi.
Makkada Qur’oni karimni yod olish, o‘qish va sharhlash bo‘yicha 46-xalqaro tanlov boshlandi.
IQNA "Saudi Gazette" nashriga tayanib xabar berishicha, payshanba kuni Makkada Qur’oni karimni yod olish, o‘qish va sharhlash bo‘yicha qirol Abdulaziz nomidagi 46-xalqaro tanlov boshlandi.
Oltinchi rabiulavvalga (19 avgustga to‘g‘ri keladi) qadar davom etadigan musobaqada 133 mamlakatdan jami 334 nafar erkak va ayollar ishtirok etmoqda, bu ushbu musobaqa tarixidagi eng katta vakillikdir.
Musobaqaning maqsadi "musulmon yoshlarni Qur’oni Karimni yod olish, anglash va mushohada qilishga undash, shuningdek, halol raqobatni yaratishdan iborat."
Tanlov beshta toifani o‘z ichiga oladi va umumiy sovrinlar miqdori 10 260 000 Saudiya rialini tashkil etadi - bu tanlov ta’sis etilganidan beri eng yuqori sovrin jamg‘armasi.
Avvalroq ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini quyidagilar himoya qilishi xabar qilingandi:
Muhammadabror qori Yunusxonov («Mir Arab» o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi) — (To‘liq Qur’on hifzi);
Muhammadamin qori Olimjonov («Sayyid Muhyiddin maxdum» o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi) — (15 pora hifzi);
Zilolaxon Farhodova (Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti talabasi) — (To‘liq Qur’on hifzi);
Muxtasarxon Muhammadjonova («Xadichai Kubro» ayol-qizlar o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi) — (15 pora hifzi).
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati