Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Noyabr, 2026   |   29 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:43
Quyosh
07:04
Peshin
12:12
Asr
15:28
Shom
17:12
Xufton
18:28
Bismillah
09 Noyabr, 2026, 29 Jumadul avval, 1448

Mavlid oyini qanday o‘tkazamiz?

04.09.2024   10510   1 min.
Mavlid oyini qanday o‘tkazamiz?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

  1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlari, shamoyillari va odob-axloqlarini o‘qib-o‘rganish hamda ularni hayotga tatbiq qilish. Nabiy alayhissalom: “Oxiratda menga eng mahbub va eng yaqin bo‘ladiganingiz xulqi eng yaxshilaringizdir”, deganlar.
     
  2. Har qachongidan ham ko‘proq salavotu salomlar aytish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Qiyomat kuni menga eng yaqin kishilar, albatta, menga ko‘p salavot aytganlardir”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).
     
  3. Dushanba va payshanba kunlari ro‘za tutish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu ikki kunda ro‘za tutardilar va: “Amallar har dushanba, payshanba kunlari (Allohga) ko‘rsatiladi. Mening amalim ro‘zador bo‘lgan holimda ko‘rsatilishini istayman”, deb aytardilar (Imom Termiziy rivoyati).

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

IJTIMOIY TARMOQLARDAN OQILONA FOYDALANISH — BILIM VA TARAQQIYOT GAROVI

09.11.2026   6428   1 min.
IJTIMOIY TARMOQLARDAN OQILONA FOYDALANISH — BILIM VA TARAQQIYOT GAROVI

Ta’lim muassasasida yoshlarni internet va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatish, turli axborot xurujlari, zararli g‘oyalar hamda virtual makonda uchraydigan tahdidlardan ogoh etish maqsadida "Ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish — bilim va taraqqiyot garovi" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qashqadaryo viloyatidagi yetakchi mutaxassisi A. Usmonov hamda ta’lim muassasasi mudiri O‘. G‘uzarov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida ijtimoiy tarmoqlardagi turli zararli axborotlar, ekstremistik g‘oyalar, yolg‘on xabarlar va yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi internet tahdidlari haqida atroflicha tushunchalar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga internetdan foydalanishda hushyor va mas’uliyatli bo‘lish, har qanday ma’lumotga tanqidiy yondashish, milliy va diniy qadriyatlarni asrash hamda virtual olamdagi turli tuzoqlarga tushib qolmaslik yuzasidan tavsiyalar berildi.

Tadbir savol-javob va fikr-mulohazalar bilan mazmunli tarzda yakunlandi.

IJTIMOIY TARMOQLARDAN OQILONA FOYDALANISH — BILIM VA TARAQQIYOT GAROVI IJTIMOIY TARMOQLARDAN OQILONA FOYDALANISH — BILIM VA TARAQQIYOT GAROVI IJTIMOIY TARMOQLARDAN OQILONA FOYDALANISH — BILIM VA TARAQQIYOT GAROVI
O'zbekiston yangiliklari