Maqolalar
Mavlid oyini qanday o‘tkazamiz?
4.09.2024
3992
1 min.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
- Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlari, shamoyillari va odob-axloqlarini o‘qib-o‘rganish hamda ularni hayotga tatbiq qilish. Nabiy alayhissalom: “Oxiratda menga eng mahbub va eng yaqin bo‘ladiganingiz xulqi eng yaxshilaringizdir”, deganlar.
- Har qachongidan ham ko‘proq salavotu salomlar aytish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Qiyomat kuni menga eng yaqin kishilar, albatta, menga ko‘p salavot aytganlardir”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).
- Dushanba va payshanba kunlari ro‘za tutish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu ikki kunda ro‘za tutardilar va: “Amallar har dushanba, payshanba kunlari (Allohga) ko‘rsatiladi. Mening amalim ro‘zador bo‘lgan holimda ko‘rsatilishini istayman”, deb aytardilar (Imom Termiziy rivoyati).
Davron NURMUHAMMAD
MА`LUMOTNI IJTIMOIY TАRMOQLАRDА ULАSHING