Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Iyul, 2026   |   29 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:20
Quyosh
05:02
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:00
Xufton
21:37
Bismillah
14 Iyul, 2026, 29 Muharram, 1448

FUQAROLAR MUROJAATI E’TIBOR MARKAZIDA

05.09.2024   13528   1 min.
FUQAROLAR MUROJAATI E’TIBOR MARKAZIDA

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining aholi bilan samimiy muloqoti ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda.

Kecha, 4 sentyabr kuni Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Diniy idorada fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdilar. Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan masjidlar holati, imom-xatiblar faoliyati, oilaviy masalalar, diniy ta’lim hamda moddiy yordam olish singari masalalarning aksariyati ijobiy hal etildi.

Jumladan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi. Masjid va imomlar faoliyati, diniy ta’limga oid murojaatlar ko‘rib chiqish uchun idora bo‘limlariga tegishli vazifalar yuklandi.

Mana shunday samimiy qabul va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lgan fuqarolar O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati tomonidan ko‘rsatilgan e’tibordan ko‘ngillari shod bo‘lishib, xayrli duolar qilishdi.

Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.
 
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

FUQAROLAR MUROJAATI E’TIBOR MARKAZIDA FUQAROLAR MUROJAATI E’TIBOR MARKAZIDA FUQAROLAR MUROJAATI E’TIBOR MARKAZIDA FUQAROLAR MUROJAATI E’TIBOR MARKAZIDA FUQAROLAR MUROJAATI E’TIBOR MARKAZIDA FUQAROLAR MUROJAATI E’TIBOR MARKAZIDA
Boshqa maqolalar
Maqolalar

OTA-ONA bilan  50 ta  TЕLЕFON  ODOBI

14.07.2026   4010   27 min.
OTA-ONA bilan  50 ta  TЕLЕFON  ODOBI

ni

ULUG‘  USTOZ  ULAMOLARIMIZ  bayon  qilib  berganlar:

KALOMULLOHNING OYATI KARIMALARIDA

XUDOIM TAOLO MARHAMAT QILADI:

  1. «Biz insonni OTA-ONASIGA yaxshilik qilishga buyurdik!»

                                                                                                               (Ahqof surasi 46/15 oyat);

  1. «Biz insonga OTA-ONASINI rozi qilishni buyurdik.

ONASI uni zaiflik ustiga zaiflik bilan qornida ko‘tarib yurdi. 

Uni ko‘krakdan ajratish muddati ikki yilda bitar.

Biz insonga buyurdikki Sen Menga va OTA-ONANGGA shukr qilgin!

Qaytishlik – Mening huzurimgadir!»                         (Luqmon surasi 31/14 oyat);

  1. «Rabbingiz, Uning O‘zigagina ibodat qilishingizni hamda OTA-ONAGA

       yaxshilik qilishni amr etdi.

Ey, inson! Agar ULARNING BIRI yoki HAR IKKISI huzuringda keksalik

yoshiga yetsalar, ULARGA uf!..” dema va ULARNI jerkima!

ULARGA doimo yoqimli so‘z ayt!

ULARGA, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut va duoda ayt:

“Ey, Rabbim! Meni ULAR go‘daklik chog‘imda tarbiyalaganlaridek,

Sen ham ULARGA rahm qilgin!”»                             (Isro surasi 17/23-24 oyatlar);

  1. «Allohga ibodat qilingiz va Unga hech narsani sherik qilmangiz!

       OTA-ONALARGA esa yaxshilik qilingiz!

Shuningdek, qarindoshlar, yetimlar, miskinlar, qarindosh qo‘shni-yu

begona qo‘shni, yoningizdagi hamrohingiz, yo‘lovchi musofirga va qo‘l

ostingizdagi qaramlarga ham yaxshilik qiling!

Albatta, Alloh kibrli va maqtanchoq kishilarni sevmaydi»

                                                                                                                    (Niso surasi 4/36 oyat);

  1. «Nimaniki xayr-ehson qilsangiz, OTA-ONA, qarindoshlar,

yetimlar, miskinlar va musofirlarga qilingiz!

Alloh har qanday qilgan ehsonlaringizni bilib turuvchidir!»

                                                                                                             (Baqara surasi 2/215 oyat).

JANOBI PAYG‘AMBARIMIZ

RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VASALLAM

MЕHR-MURUVVAT TARIQASIDA MARHAMAT QILADILAR:

  • «Uch toifa kishining qo‘lga kiritgan narsasida baraka bo‘lmaydi va qayerda bo‘lsa ham xorlanadi:
  • Mening nomimni eshitganda salavoti sharif aytmagan;
  • Ramazon oyiga hurmat ko‘rsatmagan;
  • OTA-ONASI tirik bo‘la turib, ULARNI xursand qilmagan»;

  • «OTA-ONAGA duo qilishni tark etish rizqni kesadi»;

  • «Albatta, odamlarga go‘zal xulqdan afzalroq narsa berilmagan» (Imom Tabaroniy rivoyatlari);

  • «Mo‘minlarning imoni eng mukammali — xulqi go‘zal bo‘lganlaridir» (Imom Termiziy rivoyatlari);

  • «Kimni umri uzun va rizqi keng bo‘lishi xursand qilsa, OTA-ONASIGA yaxshilik qilsin va silai rahm qilsin!» (Imom Ahmad rivoyatlari);

  • «Haq bo‘la turib, tortishuvni tark qilgan kishi uchun jannatning bir tomonida bir qasr bino qilinishiga;

       hazil bo‘lsa ham, yolg‘onni tark qilgan kishiga jannatning o‘rtasida bir qasr bino qilinishiga;

       xulqi go‘zal, odobi chiroyli bo‘lgan kishi uchun esa jannatning eng yuqorisida bir qasr bino qilinishiga kafilman!» (Imom Abu Dovud rivoyatlari);

  • Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:
  • Xor bo‘lsin, xor bo‘lsin, xor bo‘lsin! – deb o‘n martaba takror qildilar.

Shunda sahobalar:

– Yo, Rasulalloh, kimni aytayapsiz? – deb so‘rashdi.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:

  • OTA-ONASINING IKKALASI yoxud BITTALARI keksayib qolgan vaqtida ULARNI rozi qilmay, o‘zini do‘zaxga tushishga mubtalo qilgan kishini, – dedilar (Imom Buxoriy rivoyatlari).

ULUG‘LARDAN  HIKMATLAR:

  • “Odobi yo‘qning – ilmi, sabri yo‘qning – dinga bog‘liqligi, taqvosi yo‘qning – Allohga yaqinligi yo‘qdir” (Hasan Basriy rahmatullohi alayhi).

OTA-ONA  bilan  50 ta  TЕLЕFON  ODOBI:

  1. Avvalo OTA-ONANING ruxsatlarisiz telefonlariga mutlaqo tegmaslik;

  1. agar ULAR ruxsat bermasalar, telefonlarini “Sms, “Imena, “Kontakti va boshqa joylarini o‘qimaslik va qaramaslik;

  1. OTA-ONANING boshqalar bilan gaplashganlarini eshitmaslik va poylamaslik;

  1. OTA-ONAGA qo‘ng‘iroq qilayotganda kun va kechaning soatlarini inobatga olib, bemahalda va noo‘rin qo‘ng‘iroq qilmaslik;

  1. OTA-ONAGA qo‘ng‘iroq qilganda mabodo javob bo‘lmasa, har bir telefon qilishni orasida 4 rakat sunnat namozni vaqti o‘tgandan so‘ng lozim bo‘lsa, yana bir bor telefon qilinadi. Shu tartibda 3 marta telefon qilinganda ham javob bo‘lmasa, takroran qilinmaydi. Agar yetkazilmoqchi bo‘lgan xabar tezkor, o‘ta muhim, juda ham zarur bo‘lsa, yozma shaklda yuboriladi;

  1. gaplashib bo‘lgandan so‘ng ULAR telefonni o‘chirmagan bo‘lsalar, qiziqib eshitib turmasdan, darhol telefonni o‘chirish;

  1. OTA-ONA bilan telefonda so‘zlashganda ULARNING hurmatlarini bilib, beizn ULARNING vaqtlarini ortiqcha ko‘p olmaslik;

  1. OTA-ONA bizga telefon qilsalar, tezkor yonimizdagilarni ogohlantirib, uzr so‘rab, darhol OTA-ONAGA javob beriladi;

  1. OTA-ONADAN kelgan qo‘ng‘iroq, xabar (xat, savol, tabrik va hokazo)larni javobsiz qoldirmasdan, darhol munosib javob qaytarish;

  1. OTA-ONADAN kelgan qo‘ng‘iroq, xabar (xat, savol, tabrik va hokazo)larga o‘z vaqtida javob qaytaraolmaganda, albatta darhol qaytarib telefon qilib, kechirim so‘rash va tezkor munosib javob qaytarish;

  1. siz telefon qilgan vaqtda OTA-ONA javob beraolmagan bo‘lsalar, OTA-ONADAN aslo xafa bo‘lmaslik;

  1. OTA-ONANING oldilarida telefon o‘ynamaslik. Chunki bunday qilish – OTA-ONAGA nisbatan hurmatsizlik, mensimaslik, beodoblik hisoblanadi. Agar jiddiy zarurat tug‘ilib qolsa, ULARGA uzrini aytib, ruxsat so‘raladi. Agar OTA-ONA ijozat bersalargina, telefon bilan mashg‘ul bo‘linadi;

  1. OTA-ONAGA telefon qilayotganda: «Kim bu?» deyilmaydi. Balki avval salom berib, o‘zini tanishtirib, kerakli odamni so‘raladi;

  1. OTA-ONANING telefonlarini o‘zinikidan yaxshiroq va zo‘rroq telefon qilib berish;

  1. OTA-ONANING telefonlarini pullarini to‘lab turish;

  1. OTA-ONA bilan suhbatlashganda «Alo?», «Hello?», «Ha?», «Alyo?», «Da?» so‘zlarni o‘rniga «Assalomu alaykum!», «Labbay?», «DADAJON?!», «ONAJON?!», «Eshitaman?», «Xizmatingizdaman!..», «Qulog‘im sizda...», «Xizmatingizga tayyorman!..», «Doim xizmatingizdaman!..», «Xizmatingizga doim tayyorman!..», «Amringizga muntazirman!..» kabi iboralarni ishlatish;

  1. telefon orqali suhbat tugaganda, telefonni darhol o‘chirmasdan, balki ULAR bilan xayrlashib, OTA-ONAGA yaxshi tilaklar tilab, OTA-ONA telefonlarini o‘chirganlaridan so‘nggina telefonni o‘chirish mumkin; ULARDAN oldin telefonni o‘chirmaslik;

  1. OTA-ONA bilan telefonda so‘zlashganda ham o‘rnidan tik turib muloqot qilinadi.

OTA-ONADAN telefon orqali kelgan xabarlarni ham o‘rnidan tik turgan holda o‘qish, eshitish, ko‘rish lozim;

  1. OTA-ONAGA telefonda so‘zlashganda ham birinchi bo‘lib salom beriladi;

  1. OTA-ONAGA telefon qilganda, ULAR so‘rashlaridan oldin o‘zining kimligini aytib tanishtiriladi;

  1. ULARNING vaqtlarini olmayotganligini so‘rab, uzr so‘rashlik;

  1. OTA-ONAGA gudok tashlanmaydi;

  1. agar ULAR shunday qilgan bo‘lishsa, darhol ULARGA qayta telefon qilinadi;

  1. OTA-ONA bilan telefon orqali gaplashganda OTA-ONANING ruxsatlarisiz boshqalarga eshitiladigan darajada telefonni ovozini baland qilmaslik;

  1. OTA-ONA bilan telefonda gaplashib turgan paytda mabodo aloqa uzilib qolsa, ULARGA birinchi bo‘lib o‘zimiz qaytadan telefon qilishimiz lozim;

  1. telefonda gaplashib turgan paytda mabodo OTA-ONA telefon qilib qolsalar, so‘zlashib turgan odamni ogohlantirib, darhol OTA-ONAGA javob beriladi;

  1. OTA-ONANING shaxsiy ma’lumotlari va OTA-ONADAN kelgan barcha ma’lumot-xabar (rasm, video, telefon raqam, ovozli gap-so‘zlari, sms va hokazo)larini O‘ZLARINING ruxsatlarisiz boshqalarga ko‘rsatilmaydi, berilmaydi va yuborilmaydi;

  1. OTA-ONANING O‘ZLARIGA ham OTA-ONANING ruxsatlarisiz turli xil ma’lumot-xabar (rasm, video, telefon raqam, ovozli gap-so‘zlar, sms va hokazo)lar yuborilmaydi; tabriknomalar – mustasno;

  1. OTA-ONAGA ayniqsa tarbiyaviy ahamiyatga ega, ilm-fanlarga doir, ta’limga taalluqli bo‘lgan har qanday narsalar yuborilmaydi OTA-ONANING ruxsatlarisiz;

  1. OTA-ONA bilan telefon orqali muloqotni telefonda yozib olish uchun O‘ZLARINING roziliklari olinadi; agar ruxsat bermasalar, yozib olmaslik; chunki O‘ZLARINING ruxsatlarisiz OTA-ONANING gaplarini yozib olib, boshqalarga tarqatish — juda katta xiyonat va ulkan gunoh hisoblanadi;

  1. OTA-ONA bilan birga surat yo videoga tushmoqchi bo‘lganda, oldin O‘ZLARIDAN izn so‘rab, ruxsatlari olinadi; agar ruxsat bermasalar, surat yo videoga tushmaslik;

  1. OTA-ONANI surat yo videoga olmoqchi bo‘lganda ham, oldin O‘ZLARIDAN izn so‘rab, ruxsatlari olinadi; agar ruxsat bermasalar, surat yo videoga olmaslik;

  1. telefon orqali ko‘rishib gaplashish uchun OTA-ONANING roziliklarini olishda ULARGA gaplashmoqchi bo‘lgan odamning huzurida kimlar mavjud ekanligini ham ogohlantirib qo‘yish;

  1. agar OTA-ONA tomonlaridan telefon orqali ko‘rishib gaplashishga istak bildirilmasa, bundan aslo xafa bo‘lmaslik;

  1. agar OTA-ONA bilan telefon orqali ko‘rib gaplashish zaruriyati bo‘lsagina, shunda ham faqat ULARNING ijozatlari bilangina ko‘rishib gaplashish uchun telefon qilish mumkin;

  1. agar OTA-ONA tomonlaridan telefon orqali ko‘rishib gaplashishga xohish bildirilmasa, OTA-ONADAN uzr so‘raladi;

  1. OTA-ONA bilan telefonsiz so‘zlashganda, telefonni ovozini o‘chirib qo‘yiladi;

  1. OTA-ONA bilan so‘zlashib turganda, biror kishi telefon qilib qolsa, avvalo OTA-ONADAN ruxsat so‘rash; agar OTA-ONA ruxsat bersalargina telefonga javob qaytariladi;

  1. OTA-ONAGA begona raqamdan telefon qilganda, vaqtni olmasdan darrov ochiq-oydin va aniq o‘zini tanishtirish lozim;

  1. boshqa odam OTA-ONAMIZ raqamlarini so‘rasa, OTA-ONANING ruxsatlarisiz berilmaydi;

  1. OTA-ONAGA telefon qilganda, ikkinchi liniyadan tushib qolgan odam bitta chaqiriqdan keyin aloqani darhol uzish lozim. ULARGA kim qidirayotganini anglash uchun shu kifoya. Uzluksiz chaqiriqlar bilan suhbatlarini buzmaslik;

  1. OTA-ONAGA qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilavermaslik lozim. Chunki qo‘ng‘iroqga javob berish — u tomonning huquqi, zinhor majburiyati emas;

  1. OTA-ONA birorta ma’lumot-xabar (surat, yozuv, video)ni ko‘rsatish uchun telefonlarini bersalar, faqat o‘sha ma’lumot-xabar (surat, yozuv, video)ni ko‘rish bilangina cheklanish lozim. Boshqa joylariga o‘tib ketishga haqqimiz yo‘q!;

  1. agar OTA-ONA telefonlarida nimadir ko‘rayotgan  yoki izlayotgan bo‘lsalar, tikilib turmaslik kerak. OTA-ONANING telefonlariga ruxsatsiz qarash mumkin emas!;

  1. gaplashishga nomunosib paytlar (masalan, azon aytilgandan keyin, kechaning yarmida yoki kunduzi dam olinadigan)da OTA-ONAGA qo‘ng‘iroq qilinmaydi;

  1. OTA-ONA qo‘ng‘iroq qilgan vaqtda esa, qaysi payt va qanday holatda bo‘lishimizdan qat’iy nazar, ULARGA xushmuomalalik bilan darhol va tezkor javob berish zarur;

  1. OTA-ONA bilan telefon orqali suhbatlashayotganda, demak, OTA-ONA ma’lum bir vaqtlarini maxsus biz uchun alohida ajratayotganliklarini, biz ULARNING vaqtlarini olayotganimizni, OTA-ONA O‘Z ishlarini qo‘yib, xayollari biz bilan band bo‘lib turganlarini his etib, behuda gaplar bilan ULARNING vaqtlarini behuda o‘tkazmaslik lozim;

  1. OTA-ONA bilan agar biror uzun mavzu xususida gaplashmoqchi bo‘lganda, avval O‘ZLARIDAN ruxsat so‘raladi. Agar ruxsat bersalar, gaplashish mumkin. Aks holda, gapni qisqa qilish zarur. Chunki ULAR bemalol gaplashadigan holatda bo‘lmasliklari ham mumkin;

  1. har bir bayramlarda, OTA-ONANING xursandchilik kunlarida ULARNING ko‘ngillarini ko‘taradigan tilak, rasm, video, xabar, ovozli gap-so‘zlar, sms va hokazolarni muntazam yuborish lozim;

  1. biror sabablar bilan OTA-ONADAN yiroqda bo‘lib turgan inson har kuni ertalab-kechqurun o‘qish-ishga ketishdan oldin hamda o‘qish-ishdan kelgandan keyin, ULARNING xohishlarini inobatga olgan holda OTA-ONASIGA telefon qilib yoki yozma ravishda “Xayrli kun!”, ”Xayrli tun!” tilab, haqlariga chiroyli, yaxshi duolar qilib, ULARNING hol-ahvollarini so‘rab, “Menga nima xizmatlar buyurasiz?” deb, aytgan xizmatlarini mukammal, vijdonan, OTA-ONA aytganlariday va OTA-ONA istaganlariday chiroyli ado etib, ULARNING betakror, bebaho va beqiyos duolarini olish lozim.

MЕHRIBON PARVARDIGORIMIZ

o‘zlarimizni ham,

farzand-zurriyotlarimizni ham

O‘ZI buyurgan,

Janobi PAYG‘AMBARIMIZ ALAYHISSALOM tavsiya etgan,

o‘tmishda O‘TGANLARIMIZNING ruhlari shod bo‘ladigan,

XALQIMIZ xursand bo‘ladigan,

OTA-ONALARIMIZ rozi bo‘ladigan yo‘llardan yurishimizni nasib etsin!

Ibrohimjon Inomov