Poytaxtimizning Olmazor tumanida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida aholi vakillari, yoshlar va xotin-qizlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tumandagi "Olimpiya" to‘yxonasida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvda hozirgi kunda yoshlar tarbiyasi, farzandlarni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda yoshlarni ta’lim olishi muhimligi to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Ma’ruza davomida farzandlarni yot g‘oyalar ta’siridan saqlash, ularni qadriyatlarimizga mos ravishda sog‘lom e’tiqodli qilib tarbiyalashdagi har bir ota-onaning o‘rni kabi muhim mavzularda ham fikr-mulohazalar bildirildi.
27 noyabr kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahor domla Yunusov poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 36-sonli maktab-internatiga tashrif buyurdi.
U yerda ta’lim-tarbiya olayotgan 200 nafar bolaga shirinkliklar, o‘yinchoqlar, kiyim-kechaklar hadya qildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi Matbuot xizmati