1
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Savol: Qiyomat kunida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ummatlari birinchi bo‘lib jannatga kirgandan keyin boshqa payg‘ambarlarga ergashganlar jannatga kiradilarmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ha, shunday. Payg‘ambarlar ichida eng birinchi bo‘lib Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam jannatga kiradilar. Ummatlardan birinchi bo‘lib, U zot alayhissalomning ummatlari kiradilar, keyin boshqa ummatlar kiradi. Bu yerda jannatga kirishi bashorat qilingan boshqa ummatlar deganda, o‘z payg‘ambari olib kelgan dinini o‘zgartirmasdan haq bilan ergashganlar nazarda tutilgan. Imom Muslim rahimahulloh o‘z “sahih”larida quyidagi hadisni keltirganlar.
Hadisni sharh qilgan ulamolar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ummatlari zamon jihatidan boshqa ummatlardan keyin kelgan bo‘lsalarda, fazilat va jannatga kirishda peshqadam bo‘ladi, deyishgan. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.