BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, ziddiyatlar tobora ortayotgan, o‘zaro ishonch esa yo‘qolib borayotgan hozirgi dunyoda O‘zbekistonning qat’iy pozitsiyasi haqida so‘zladim.
Tanlagan yo‘limiz aniq — ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz.
Nutqimda Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistondagi islohotlar, ekologiya va Orol fojiasi, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi hamda inson huquqlarini ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tdim.
Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor.