Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Yanvar, 2025   |   12 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:34
Shom
17:18
Xufton
18:37
Bismillah
12 Yanvar, 2025, 12 Rajab, 1446
Yangiliklar

Insonlar dardiga malham bo‘lish – ulkan saodat!

18.09.2024   5354   1 min.
Insonlar dardiga malham bo‘lish – ulkan saodat!

Haftaning har chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida fuqarolarni qabul qilish kuni etib belgilangan. Ushbu xayrli an’ana Rabiul avval (mavlid) oyida ham qizg‘in davom etmoqda. 


Bugun, 18 sentyabr, fazilatli chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov Diniy idoraga murojaat va takliflar bilan kelgan fuqarolarni qabul qildi.


Qabulda yurtimizning turli hududlaridan, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent, Andijon,  Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahridan kelgan har bir fuqaroning shar’iy masala, umra safari, diniy ta’lim, Qur’on kurslari va moddiy yordam kabi masalalardagi arz, muammo va takliflari tinglandi va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.


Xususan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi. Masjid va imomlar faoliyati, diniy ta’lim va umraga oid murojaatlar ko‘rib chiqish uchun Idora bo‘limlariga tegishli vazifalar yuklandi.


Samimiy qabuldan mamnun bo‘lgan fuqarolar O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatiga o‘z tashakkurlarini izhor etdilar.


Bu kabi qabul jarayonlari haftaning har chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklarida ham amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Insonlar dardiga malham bo‘lish – ulkan saodat! Insonlar dardiga malham bo‘lish – ulkan saodat! Insonlar dardiga malham bo‘lish – ulkan saodat! Insonlar dardiga malham bo‘lish – ulkan saodat! Insonlar dardiga malham bo‘lish – ulkan saodat! Insonlar dardiga malham bo‘lish – ulkan saodat! Insonlar dardiga malham bo‘lish – ulkan saodat!
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Qur’on va tajvid markaziga tashrif

9.01.2025   11812   1 min.
Qur’on va tajvid markaziga tashrif

Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar. 
 

Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.


Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.


Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Toshkent viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati

Qur’on va tajvid markaziga tashrif Qur’on va tajvid markaziga tashrif Qur’on va tajvid markaziga tashrif
O'zbekiston yangiliklari