Sahoba Julaybib roziyallohu anhuning oila qurishi haqidagi voqeani tarix kitoblaridan o‘qib olishingizni tavsiya qilamiz.
Julaybib roziyallohu anhuning nikohini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘qidilar. Ikki yoshning nikohiga barakalar tilab, bunday duo qildilar:
اللهُمَّ صُبَّ عَلَيْهَا الْخَيْرَ صَبًّا وَلَا تَجْعَلْ عَيْشَهَا كَدًّا كَدًّا
O‘qilishi: Allohumma subba ’alayhal xoyra sobban va laa taj’al ’ayshaha kaddan kaddan.
Ma’nosi: Allohim, ularga yaxshiliklarni yog‘dirgin, turmushlarida mashaqqat ko‘rsatmagin.
Anas ibn Molik roziyallohu anhu Julaybib roziyallohu anhuning ayoli haqida: “Madinada undan ko‘ra saxovatli ayol yo‘q edi”, deydi.
Muhtaram otalar, siz ham qizingizni bugundan boshlab shunday duo qilishni unutmang!
Davron NURMUHAMMAD
Bugun, 10 avgust kuni Xorazm viloyati Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida xayrli va saxovatpesha tadbir tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi hamda yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili munosabati bilan Urganch shahar bosh imom-xatibi Hasanboy domla va saxovatpesha homiylar tashabbusi bilan boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi.
Tadbir doirasida maktab yoshidagi o‘quvchilarga yangi o‘quv yili uchun zarur bo‘lgan maktab formasi, sumka va to‘liq o‘quv qurollari to‘plamlari tantanali ravishda topshirildi.
Marosim yakunida yurtimiz tinchligi, xonadonlar fayzu barakasi va xayrli ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga ezgu duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati