Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyun, 2025   |   28 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
24 Iyun, 2025, 28 Zulhijja, 1446
Yangiliklar

Ayol-qizlarga oid “Marvaridlar shodasi” kitobi taqdimoti o‘tkazildi

27.09.2024   10066   1 min.
Ayol-qizlarga oid “Marvaridlar shodasi” kitobi taqdimoti o‘tkazildi

Shu yil 26 sentyabr kuni poytaxtimizdagi “Shayx Zayniddin” jome masjidida “Marvaridlar shodasi” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 
 

Qur’oni karim tilovati va xayrli duolar bilan boshlangan tadbir avvalida so‘zga chiqqan notiqlar mazkur yangi kitob bilan ijodkor va ishtirokchilarni qutlash barobarida yurtimizda ayol-qizlarning ilmu ma’rifatini yuksaltirish, ularning salomatliklarini yaxshilash va yosh qizlarni ta’lim-tarbiya olishlari uchun munosib sharoit yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritdilar.  


Ma’rifiy tadbir davomida mazkur kitob bugungi kunda jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ayol-qizlar savodxonligini oshirish, shariatimizning ayollarga xos bo‘lgan ahkomlarni sodda va tushunarli tarzda bayon etishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Shuningdek, risolaning ona tilimizga tarjima qilinishi va xalqimizga tuhfa etilgani ayni muddao bo‘lganiga urg‘u qaratildi. Bundan tashqari, ma’ruzalarda ayol-qizlarga xos tibbiy, ijtimoiy va psixologik tavsiyalar ham muhokama qilindi. 


Tadbir davomida kitob muallifi Hanafiy fiqhi olimi, dinimizga ko‘p yillardan buyon xizmat qilib kelayotgan fazilatli Shayx Saloh Muhammad Abul Hojning tadbir ishtirokchilariga yo‘llagan video tabrigi namoyish etildi. Mazkur kitobni tarjima qilishda ishtirok etgan olimalar va “Xadichai Kubro” madrasasi ustozlari jamoasiga minnatdorlik izhor etildi.  


Marosimda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi rais o‘rinbosari, falsafa fanlari doktori, professor Matluba Qahharova, O‘zbekiston musulmonlari idorasi bo‘lim mudirasi v.b. Mohira Zufarova, Muslimaat.uz sayti rahbari, “Marvaridlar shodasi” kitobi bosh muharriri Odinaxon Muhammad Yusuf, shuningdek, Toshkent islom instituti, Xadichai Kubro madrasasi ustoz va talabalari hamda otinoyilar ishtirok etdi. 


 O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Ayol-qizlarga oid “Marvaridlar shodasi” kitobi taqdimoti o‘tkazildi Ayol-qizlarga oid “Marvaridlar shodasi” kitobi taqdimoti o‘tkazildi Ayol-qizlarga oid “Marvaridlar shodasi” kitobi taqdimoti o‘tkazildi Ayol-qizlarga oid “Marvaridlar shodasi” kitobi taqdimoti o‘tkazildi Ayol-qizlarga oid “Marvaridlar shodasi” kitobi taqdimoti o‘tkazildi Ayol-qizlarga oid “Marvaridlar shodasi” kitobi taqdimoti o‘tkazildi Ayol-qizlarga oid “Marvaridlar shodasi” kitobi taqdimoti o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Namozda qo‘l ko‘tarish

24.06.2025   1530   1 min.
Namozda qo‘l ko‘tarish

Namozga kirishda qo‘llar quloq barobarigacha ko‘tarilib, qo‘lning bosh barmog‘i quloqning yumshog‘iga yetkaziladi va "takbiri tahrima" aytib, namozga kiriladi. Qo‘llar ko‘tarilganda kaftning ichki tomoni qiblaga qaratilib, barmoqlar biroz ochilgan holatda bo‘ladi.

Namozga kirishda qo‘llar quloq barobarigacha ko‘tarilishi haqida bir qancha hadislar kelgan:

Voil ibn Hujr roziyalloxu anhu: "Men Nabiy sollallohu alayhi va sallamni namozga kirishda takbir aytib, qo‘llarini ko‘tarib, quloqlari barobariga ko‘targanlarini ko‘rdim", dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Anas ibn Molik roziyalloxu anhu rivoyat qilgan hadisda: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam namozga kirishda takbir aytib, so‘ngra ikki qo‘llarini ko‘tarib, bosh barmoqlarini quloqlariga barobar qilar edilar" (Imom Hokim va Imom Doraqutniy rivoyatlari).

Ulamolarimiz: “Hadislarda kelgan "qo‘lni quloq barobariga ko‘tarish”dan maqsad uni quloqqa tekkizishdir, chunki quloqning yumshog‘iga qo‘l tegishi qo‘lning quloq barobariga ko‘tarilganining aniq belgisidir”, deganlar. Bu haqda “Raddul Muhtor”, “Lubob fiy sharhil kitob”, “Fatavoi Qozixon”, “Sharhul Viqoya”, “Majma’ul anhur” shu kabi bir qancha mo‘tabar fiqhiy kitoblarimizda bayon qilingan.

Uychi tuman "Xizirobod" jome masjidi

imom-xatibi Sherzod Rahimov

Manba: t.me/softalimotlar

MAQOLA