Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni menga eng yaqin kishilar, albatta, menga ko‘p salavot aytganlardir”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).
Sahobalar roziyallohu anhum Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan “Yo Rasululloh sizga salavot aytish qanday bo‘ladi?” deb so‘raganlarida u zot sollallohu alayhi vasallam: “Allohumma solli a’la Muhammadin va a’la oli Muhammad, kama sollayta a’la Ibrohiyma va a’la oli Ibrohiym. Innaka hamiydummajiyd. Allohumma barik a’la Muhammadin va a’la oli Muhammad, kama barokta a’la Ibrohiyma va a’la oli Ibrohiym. Innaka hamiydum majiyd”, deb aytinglar, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).
Allohumma solli va sallim ’ala Muhammadin va ’ala aali Muhammad.
Davron NURMUHAMMAD
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: “Laa havla va laa quvvata illa billah”ni aytgin. Albatta, u jannat xazinalaridan biridir", dedilar".
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim Laa havla va laa quvvata illa billah”ni aytsa, to‘qson to‘qqiz dardga davo bo‘ladi. Eng yengili g‘amdir", dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim har kuni yuz marta “Laa havla va laa quvvata illa billah”ni aytsa, unga faqirlik yetmas", dedilar.
Ibn Qoyyim rahimahulloh aytadilar: “Kimning g‘am-tashvish va musibatlari ko‘payib ketsa: "Laa havla va laa quvvata illa billah" kalimasini ko‘p aytsin”.