Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448
Maqolalar

Ne’mat ketsa, qaytib kelmaydi

07.10.2024   7107   2 min.
Ne’mat ketsa, qaytib kelmaydi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Suriyalik yozuvchi aytadi: "Iroq aholisi to‘qchilikda shu darajaga yetdiki, dasturxonda ortib qolgan narsa borki, uni axlatga tashlaydigan bo‘lishdi. Hatto, ularda (الاكل البايت)  “kechagidan qolgan sarqit” atamasi ham paydo bo‘ldi. Alloh taolo ularni o‘n yil davomida iqtisodiy qamal bilan sinagan edi, qora qotgan nonni ham ko‘zga surtib yeydigan bo‘lishdi. Million nafar yosh bolalar ochlik va kasallikdan nobud bo‘ldilar.
Qachonki men o‘z yurtim Damashq va uning atrofidagi joylarda ham nonlarni axlatxonalarga tashlab yuborilayotgani, kambag‘al bir ayol qo‘lidan yerga tushib ketgan nonni olmay, beparvo tashlab ketayotganini, yana boshqa bir kimsa yerda yotgan nonni olmay, aksincha uni oyog‘i bilan tepalab chetga uloqtirib o‘tganini va hattoki, bir kishi oyoq kiyimini oq non bilan artib yaltiratayotganini ko‘rganimda, hech shaksiz bu xalq yaqin vaqtda noshukrligi, ne’matlarni qadrlamayotganligi uchun Allohning g‘azabiga uchrashi aniq ekanligini his qildim. Bizlarni qora kunlar kutmoqda, o‘shanda axlatxonalarda yotgan qotgan nonlarga zor bo‘lamiz, dedim".


Yozuvchi so‘zida davom etadi: "Otam rahmatli katta olim edilar. U kishi dasturxondagi yangi nonni qo‘yib, kechagidan qolganini yer edilar. Qotgan nonni suvda ivitib yer, uni tashlab yuborishga yo‘l qo‘ymas edilar. Oshxonadagi tovoqlarda ovqatlar qolib ketgan bo‘lsa yoki bolalar yemay qoldirib ketgan taomlari bo‘lsa, ularni tashlab yuborishga hecham yo‘l qo‘ymas edilar. Aksincha, agar ortgan taom tashlab yuborilganini ko‘rsalar juda qattiq g‘azablanar edilar. Ko‘pincha, o‘sha qolib ketgan ovqatlarni o‘zlari yob qo‘yar edilar va bundan hecham tortinmas edilar. Ne’matning ozini ham, ko‘pini ham qadriga yetadigan kishi bo‘lganlar. Alloh rahmat qilsin u kishi vafot etgunlaricha biror marta ham qon bosimi ko‘tarilishi, yurak yetishmasligi, oyoq og‘rishi, qand kasalligi va boshqa shunga o‘xshash ko‘pchilik keksa odamlar shikoyat qiladigan dard bilan kasallanmadilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: “Allohning ne’matlari bilan yaxshi qo‘shnichilik qilinglar, zero, u biror oiladan ketib qolsa, qaytib kelmasligi mumkin” degan hadislarini ko‘p takrorlar edilar.

Modomiki, siz ne’matlardan bahramand ekansiz, ogoh bo‘ling, Robbingizni ne’matini qadrlang, uni xorlamang. Aks holda, unga zor bo‘lasiz, boshingizga Allohning balosi kelsa...

Homidjon domla ISHMATBЕKOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Oliy ma’hadning 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati bilan tanishtirildi

13.09.2026   8576   1 min.
Oliy ma’hadning 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati bilan tanishtirildi

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga yangi qabul qilingan 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari ustoz Zayniddin domla hamrohligida idora faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tanishuv davomida talabalarga O‘zbekiston musulmonlari idorasining tarixi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim va ma’rifat yo‘nalishidagi loyihalar xususida so‘z yuritildi.

Talabalar idora faoliyatiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusidagi ta’lim va kasbiy faoliyatlari uchun muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari