Rasululloh sollallohu alayhi va
sallam: “Sizlardan birortangiz o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsani birodari uchun ham ravo ko‘rmaguncha (komil) mo‘min bo‘la olmaydi”, deganlar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).
No‘monxon Yahyoxon,
Toshkent islom instituti talabasi
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Liviyalik mashhur zot Umar Muxtor rahimahulloh ayoli vafot topganida yig‘ladi. Uning yonidagilar:
— Sizdek insonning yig‘laganini ko‘rmagan edik, nima sababdan yig‘ladingiz? - deyishdi. Shunda Umar Muxtor javob berdi:
— Italiya bosqinchilari bilan janglardan qaytganimda chodirga kirar ekanman, ayolim har safar chodirning parda-eshigini ko‘tarib turar «Nega bunday qilasan?», desam, «Allohdan boshqaning huzurida boshingizni doimo tik tutishingizni xohlayman», derdi. Shuni eslab ko‘zimga yosh keldi.