Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Avgust, 2026   |   15 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:21
Quyosh
05:45
Peshin
12:24
Asr
17:06
Shom
19:07
Xufton
20:26
Bismillah
28 Avgust, 2026, 15 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

Ikki Muqaddas masjidga yangi imomlar tayinlandi

08.10.2024   7338   1 min.
Ikki Muqaddas masjidga yangi imomlar tayinlandi

Saudiya Arabistonining Makka shahrida joylashgan eng mo‘tabar va ulkan masjid Masjidul Harom va Islomning ikkinchi mo‘tabar maskani, Madina shahridagi Masjidun Nabaviy masjidiga yangi imomlar tayinlandi. Bu haqda theislamicinformation.com saytiga asoslanib islom.uz xabar berdi.
 

Qirol Salmon ikki Muqaddas masjidga to‘rtta yangi imomni tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.


Ushbu farmonga ko‘ra, Masjidul Haromga shayx Badr Al-Turki va shayx Valid Al-Shamsan imom etib tayinlandi.


Shuningdek, shayx Muhammad Barhajiy va shayx Abdulloh Al-Qarafiylar Madinai Munavvara shahridagi Masjidun Nabaviy masjidiga imom etib tayinlandi.


Ushbu masjid ichida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam, Abu Bakr Siddiq va Umar ibn Xattob roziyallohu anhumolarning qabri joylashgan.


Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mening masjidimdagi bir namoz undan boshqasidagi mingta namozdan yaxshidir. Faqat Masjidul Haromgina undan mustasno», deganlar (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati). 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Odamlarning iymoni turlicha bo‘ladi

28.08.2026   109   1 min.
Odamlarning iymoni turlicha bo‘ladi

Tili va dili bilan iymon keltirib, uning taqozosiga ko‘ra go‘zal hayot kechirgan inson komil mo‘min deyiladi. Bunday kishilar do‘zax yuzini ko‘rmay, Allohning fazli-marhamati ila to‘g‘ri jannatga kiradilar. Tili va dili bilan iymon keltirib, katta gunohlar qilib, tavba qilmay vafot etgan inson fosiq mo‘min hisoblanadi...

Tili bilan iymon keltirib, qalbida iymoni bo‘lmagan kimsa munofiq hisoblanadi. Bunday kishiga dunyoda mo‘minlarga o‘xshab muomala qilingani bilan oxiratda ular uchun hech qanday nasiba bo‘lmaydi, Alloh asrasin.



Shayx Nuriddin XOLIQNAZARning “Rabboniy nidolar” kitobidan

Ibratli hikoyalar