Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Avgust, 2026   |   12 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:42
Peshin
12:25
Asr
17:10
Shom
19:12
Xufton
20:32
Bismillah
25 Avgust, 2026, 12 Rabi`ul avval, 1448

Olis hududdagi imomlar Diniy idora faoliyati bilan tanishdi (Foto+)

10.10.2024   23439   2 min.
Olis hududdagi imomlar Diniy idora faoliyati bilan tanishdi (Foto+)

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbusi bilan respublikamizning olis hududlarida faoliyat yuritayotgan 50 nafarga yaqin imom-xatib va imom noiblarining poytaxtimizga safari tashkil etildi. Unda ishtirokchilar Diniy idora faoliyati bilan yaqindan tanishib, “Hazrati Imom” majmuasi ziyoratida bo‘ldilar.  
 

Dastlab imomlar Qaffol Shoshiy maqbarasini ziyorat qilib, bu yerda qo‘nim topgan ulamolar hayoti va faoliyati to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishdi. Shuningdek, majmuadagi Mo‘yi muborak madrasasida joylashgan Hazrati Usmon mus'hafi ziyorat qilindi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi binosi ko‘zdan kechirildi. 

Kun davomida imomlar Diniy idora bo‘limlarining ish jarayonini ko‘zdan kechirdilar. Ularga mas’ul vakillar har bir bo‘limning asosiy maqsad va vazifalari, qilayotgan ishlari, erishgan yutuq va muvaffaqiyatlari, shuningdek, kelgusi rejalari to‘g‘risida atroflicha so‘zlab berdi. Xususan, imomlar muslim.uz portalining yangi zamonaviy studiyasini ko‘zdan kechirib, bu yerda matnli, audio va video materiallar tayyorlanishi haqida kerakli ma’lumotlarni olishdi. Shu bilan birga, Fatvo markazi va “Shamsudinxon Boboxonov” nashriyot matbaa ijodiy uyi faoliyatlari, Toshkent islom instituti o‘quv jarayoni bilan ham yaqindan tanishildi. 

Ziyorat va tanishuvlardan so‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov, Diniy idora bo‘lim mudirlari Shayx Alijon qori Haydarov va Muzaffar Kamolovlar imomlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Samimiy muloqotda mutasaddilar imomlarni tashrif bilan qutlab, yurtimizda diniy sohada bo‘layotgan o‘zgarishlar, Diniy idora tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berish barobarida har bir imom mas’uliyatli va sharafli vazifasini bekami ko‘st ado etishi, peshvolik maqomiga munosib bo‘lib, har jihatdan xalqimizga o‘rnak bo‘lish lozimgini alohida ta’kidlashdi.  

Tadbir so‘ngida mazkur imomlarga esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning haqqiga xayrli duolar qilindi.  

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Olis hududdagi imomlar Diniy idora faoliyati bilan tanishdi (Foto+) Olis hududdagi imomlar Diniy idora faoliyati bilan tanishdi (Foto+) Olis hududdagi imomlar Diniy idora faoliyati bilan tanishdi (Foto+) Olis hududdagi imomlar Diniy idora faoliyati bilan tanishdi (Foto+) Olis hududdagi imomlar Diniy idora faoliyati bilan tanishdi (Foto+) Olis hududdagi imomlar Diniy idora faoliyati bilan tanishdi (Foto+) Olis hududdagi imomlar Diniy idora faoliyati bilan tanishdi (Foto+) Olis hududdagi imomlar Diniy idora faoliyati bilan tanishdi (Foto+) Olis hududdagi imomlar Diniy idora faoliyati bilan tanishdi (Foto+) Olis hududdagi imomlar Diniy idora faoliyati bilan tanishdi (Foto+) Olis hududdagi imomlar Diniy idora faoliyati bilan tanishdi (Foto+) Olis hududdagi imomlar Diniy idora faoliyati bilan tanishdi (Foto+) Olis hududdagi imomlar Diniy idora faoliyati bilan tanishdi (Foto+) Olis hududdagi imomlar Diniy idora faoliyati bilan tanishdi (Foto+) Olis hududdagi imomlar Diniy idora faoliyati bilan tanishdi (Foto+) Olis hududdagi imomlar Diniy idora faoliyati bilan tanishdi (Foto+) Olis hududdagi imomlar Diniy idora faoliyati bilan tanishdi (Foto+) Olis hududdagi imomlar Diniy idora faoliyati bilan tanishdi (Foto+) Olis hududdagi imomlar Diniy idora faoliyati bilan tanishdi (Foto+)
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Qariyb 50 mamlakat jurnalistlari yangi Imom Buxoriy majmuasi va Samarqandning asosiy yodgorliklarini ziyorat qiladi

25.08.2026   9546   2 min.
Qariyb 50 mamlakat jurnalistlari yangi Imom Buxoriy majmuasi va Samarqandning asosiy yodgorliklarini ziyorat qiladi

«Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» Xalqaro mediaforumi ishtirokchilari 27 avgust kuni Samarqandga yo‘l oladi. Ular yangidan bunyod etilgan Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Imom Buxoriy nomidagi Innovatsion muzey bilan tanishadi. Kunning ikkinchi yarmida esa ishtirokchilar uchun shaharning tarixiy-madaniy meros obyektlari, jumladan, YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan yodgorliklar bo‘ylab maxsus dastur tashkil etiladi, xabar bermoqda iccu.uz.

Yodgorlik majmuasi Samarqand viloyati Payariq tumanida, buyuk muhaddis va ilohiyotshunos Muhammad al-Buxoriyning (810–870) dafn etilgan joyida joylashgan. U «Sahihi Buxoriy» to‘plami muallifi bo‘lib, mazkur asar sunniy islomdagi eng mo‘tabar hadis to‘plamlaridan biri hisoblanadi.

Keng ko‘lamli rekonstruksiyadan so‘ng majmua 2026 yil bahorida ziyoratchilar uchun qayta ochildi. Uning umumiy hududi 45 gektarni tashkil etadi. Bu yerda 10 ming kishilik masjid, ma’muriy va xizmat ko‘rsatish binolari, 154 ustunli ayvon, 14 ta moviy gumbaz va balandligi 75 metr bo‘lgan to‘rtta minora barpo etilgan. Rekonstruksiyadan so‘ng majmuaning kunlik qabul qilish quvvati 12 ming nafardan 65 ming nafargacha oshdi.

Majmuaning markaziy qismlaridan biri — to‘qqizta pavilondan iborat yangi Imom Buxoriy Innovatsion muzeyidir. Ekspozitsiya allomaning hayoti, hadisshunoslik tarixi va uning ilmiy merosiga bag‘ishlangan. Shuningdek, muzeyda Qur’onda zikr etilgan payg‘ambarlar, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Makka va Madinadagi hayoti hamda yozma hadis to‘plamlarining shakllanish tarixi haqida ma’lumotlar berilgan.

Majmua yaqinida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ham faoliyat yuritadi. Markaz islom ilmiy va qo‘lyozma merosini, jumladan, Markaziy Osiyoning o‘rta asr olimlari asarlarini o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar va tarjimalar tayyorlash, shuningdek, xalqaro ilmiy almashinuvni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.

Majmuaga tashrifdan so‘ng forum ishtirokchilari tarixiy Samarqand bilan tanishadi. Shaharning asosiy me’moriy yodgorliklari qatoriga Registon, Bibixonim masjidi, Shohi Zinda majmuasi va Go‘ri Amir maqbarasi kiradi. YUNЕSKO ushbu to‘rt obyektni 2001 yilda «Samarqand — madaniyatlar chorrahasi» nomi bilan Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy shaharning asosiy yodgorliklari sifatida e’tirof etadi.

Samarqand bosqichi 24–28 avgust kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tadigan «Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar» Xalqaro mediaforumi dasturining bir qismi bo‘ladi.

Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana

O'zbekiston yangiliklari