Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Yanvar, 2025   |   23 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:20
Quyosh
07:42
Peshin
12:40
Asr
15:47
Shom
17:31
Xufton
18:48
Bismillah
23 Yanvar, 2025, 23 Rajab, 1446
Yangiliklar

Targ‘ibot tadbirlarida imom-xatiblar faol

10.10.2024   7008   1 min.
Targ‘ibot tadbirlarida imom-xatiblar faol

Keyingi asrlarda butun kurrai zaminga keng tarqalgan bir illat bugungi kunda hammamizga tashvish bo‘lmoqda. Bu – giyohvandlikdir.

Inson uchun eng bebaho boylik – bu sog‘lik-salomatlikdir. Uni asrash esa har kimga omonat qilib berilgan. Islom dinida ham inson joni, aqli va salomatligini saqlash, muhofaza etish eng muhim maqsadlardan hisoblanadi.

 

Giyohvand moddalarni iste’mol qilish inson kamolotiga, imon-e’tiqodiga xavf-xatar solish bilan birga yurtimiz rivoji va taraqqiyotiga ham o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Giyohvandlik nafaqat bu illat bilan shug‘ullanuvchilarga, balki butun jamiyatga tahdid soladi.

 

Farg‘ona viloyatida “Dolzarb oylik” doirasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Hududlarda bo‘layotgan shu kabi tadbirlarda imom-xatiblar faol qatnashib, dinimiz ta’limotlarida inson salomatligiga e’tibor, giyohvandlik illatining zarari va keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlari xususida aholiga, ayniqsa, yosh avlod vakillariga tushuncha berishmoqda.

 

Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasidagi targ‘ibot tadbirida “Xo‘jamberdiboy” masjidi imom-xatibi Husniddin Tursunzoda, Buvayda tumanidagi tadbirda tuman bosh imom-xatibi Ahmadxon domla Nizomov, Qo‘shtepa tumanidagi tadbirlarda tuman bosh imom-xatibi Abduxoshim Ahmadaliyev ishtirok etdi.

 

Mazkur targ‘ibot tadbirlaridan asosiy maqsad asr muammosi va unga qarshi ko‘rilayotgan choralarni jadallashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlarni bunday illatlar xataridan ogohlantirishdan iboratdir.

 

Joylarda bu kabi tadbirlar davom etmoqda. 

Farg‘ona viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

 

 

Targ‘ibot tadbirlarida imom-xatiblar faol Targ‘ibot tadbirlarida imom-xatiblar faol Targ‘ibot tadbirlarida imom-xatiblar faol Targ‘ibot tadbirlarida imom-xatiblar faol Targ‘ibot tadbirlarida imom-xatiblar faol Targ‘ibot tadbirlarida imom-xatiblar faol Targ‘ibot tadbirlarida imom-xatiblar faol Targ‘ibot tadbirlarida imom-xatiblar faol
MAQOLA
Boshqa maqolalar

Marokashda Xalqaro Qur’on musobaqasi yanvar oyi oxirida bo‘ladi

20.01.2025   2993   1 min.
Marokashda Xalqaro Qur’on musobaqasi yanvar oyi oxirida bo‘ladi

2025-yil 29-yanvarga mo‘ljallangan musobaqa Badrah aloqa va ijtimoiy rivojlanish uyushmasi tomonidan tashkil etiladi va 1-fevralgacha davom etadi. Kasablanka festivali doirasida turli yoshdagi erkaklar va ayollar uchun Qur’on musobaqasi o‘tkaziladi va ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi (https://t.me/quranuz_kanali).
 

Ushbu galdagi musobaqada diniy xizmatlarga katta hissa qo‘shgan va ko‘plab shogirdlar tayyorlagan Shayx Mustafo Al-Hiloniy taqdirlanadi. Avvalgi Qur’on tadbirlarida Muhammad al-Kantavi, Yasin al-Amri, Hajar Bousaq va boshqa bir qancha Marokash milliy Qur’on ustozlari ulug‘langan edi.


Musobaqaning o‘tgan nashrlari arab va islom davlatlaridan kelgan ishtirokchilar bilan o‘tkazilgan va Marokash fuqarolari ham faol ishtirok etishgan. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati