Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Noyabr, 2026   |   4 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:48
Quyosh
07:10
Peshin
12:12
Asr
15:24
Shom
17:08
Xufton
18:24
Bismillah
14 Noyabr, 2026, 4 Jumadul soni, 1448

Vatani bor inson baxtlidir

11.10.2024   12147   3 min.
Vatani bor inson baxtlidir

Vatan – nafaqat inson, balki butun mavjudot – tirik jon uchun o‘ziga xos qo‘nim topadigan maskan. Vatan – eng ko‘p qalamga olingan, sir-sinoatli, serqirra, serjilo go‘sha. Muftiy hazratlari Nuriddin Xoliqnazarovning “Islomda Vatan tushunchasi” nomli kitobida bunday deyiladi: “Vatani bor inson baxtli insondir. Vatani yo‘q inson esa, baxtsizdir”. 


Kim Vatan tushunchasini yaxshi anglab yetmas ekan, uning bag‘rida yashashidan ma’no yo‘qdir. Shunga ko‘ra ulamolarimiz aytadilar: “Vatanning qadriga yetmagan inson, ta’bir joiz bo‘lsa, hayvondan ham, parrandadan ham, hasharotdan ham tubanroqdir”.


2020 yil Prezidentimiz tashabbusi bilan “Mehr” dasturi doirasida xorijdan olib kelingan ayollarimiz va ularning farzandlari samolyotdan tushar-tushmas aziz Vatanimizning tuprog‘ini ko‘z yosh ila o‘pib, bosh ko‘tarmay yig‘laganlarida, qalblar junbushga kelib tit­radi.


“Mehr – 4” dasturi orqali Afg‘onistondan Termizga olib kelingan xorazmlik 2 nafar farzandi bor ayolni kutib oldik. Davlatimiz tomonidan uy-joy, xo‘jalik anjomlari, ki­yim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari bir zumda tayyor qilindi. Uy yumushlarini o‘rgatish, farzand tarbiyasi, ruhiy holatiga malham bo‘lish uchun u bilan birga qolar ekanman, erta tongda turib, norasidalarning: “Ayajon, bu yerda bomba portlamaydimi, otishma bo‘lmaydimi?” deya qo‘rquv bilan bergan savoli butun vujudimni muzlatib yuborgan edi. Qizchalar derazalardan boqib: “Juda go‘zal joy ekan, bu yerdan askarlar mashinasi o‘tmaydimi?” deya xavotir bilan savol berib, tinch joyda ekanliklariga haliyam ko‘zlari ishonmay turganini hayajon bilan qayta-qayta gapirishardi.


Alloh taolo bandalari qalbiga Vatanga bo‘lgan muhabbatni jo qilgan. Inson faqat undagina xotirjam bo‘la oladi. “O‘z uying – o‘lan to‘shaging” degan o‘zbek maqoli bejiz aytilmagan.


Shuning uchun ham har bir ota-ona to‘g‘riso‘zlik, halollik kabi yuksak insoniy fazilatlar qatori vatanparvarlik, xalqqa, dinga, musulmonlarga xolis xizmat qilish tuyg‘ularini ham farzandlar qalbiga chuqur singdirishi lozim.


Shuningdek, barcha olimu ulamolar ismlarini Vatanlari nomi bilan bog‘lab nisbat olganlar, ya’ni insonga eng qadrli narsa uning ismi bo‘ladi. Ammo ulug‘lar o‘zlarining nomi ila emas, balki “Xorazmiy”, “Buxoriy”, “Samarqandiy”, “Termiziy”, “Farg‘oniy” kabi Vatanni anglatuvchi nomlar ila dunyoga mashhur bo‘lganlar. 


O‘tmishga nazar tashlasak, ajdodlarimiz ona-Vatan mus­taqilligini, mana shu dorilomon kunlarni asrlar osha orzu qilib yashaganini yaxshi bilamiz. Vatanga muhabbat Rasuli akram sollallohu alayhi va sallam qalblarida ham alohida o‘rin tutgan. Makka mushriklarining zulmi haddan oshib, u zotning jonlariga qasd qilish darajasiga borganda Allohning buyrug‘iga binoan Makkadan chiqib ketishga majbur bo‘ldilar. O‘sha onda ko‘zga yosh oldilar, ko‘ngillari bo‘shab, Makkaga qarab bunday dedilar: “(Ey Makka), sendan ko‘ra menga sevimliroq va suyukliroq shahar yo‘q! Agar qavmim meni sendan chiqarmaganida aslo sendan boshqa joyni makon tutmasdim” (Imom Termiziy rivoyati).


Abu Amr ibn A’lo rahmatullohi alayh: “Kishining vafodorligi uning o‘z Vatani uchun qayg‘urishidan, yaqinlarini sog‘inishidan va umrining zoye ketkazgan lahzalariga o‘kinib yashashidan bilinadi”, degan.

Mana shunday saodatli kunlarda jannatmakon diyorimizda yashovchi barcha yurtdoshlarimizning shodu xurram bo‘lishlarini, mustaqilligimiz abadiy bo‘lishini Alloh taolodan so‘rab qolamiz.

 

Feruza OTAJONOVA,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati
vakilining xotin-qizlar
masalalari bo‘yicha yordamchisi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekistonlik 20 nafar imom-xatib Al-Azhar akademiyasida malaka oshirdi

13.11.2026   23773   1 min.
O‘zbekistonlik 20 nafar imom-xatib Al-Azhar akademiyasida malaka oshirdi

Misrdagi Al-Azhar xalqaro akademiyasida 20 nafar o‘zbekistonlik imom-xatib uchun tashkil etilgan malaka oshirish dasturi yakunlanib, ishtirokchilarga maxsus shahodatnoma topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” muxbiri. 
 

Ikki hafta davom etgan o‘quv kursida diniy soha vakillari o‘zlarining ilmiy-diniy bilimlarini oshirish, Al-Azharning boy ilmiy tajribasi va o‘qitish uslublarini o‘zlashtirish bo‘yicha mashg‘ulotlarda qatnashdi.
 

Tadbirda so‘zga chiqqan akademiya rahbari Hasan Sag‘ir ushbu o‘quv kurslari Al-Azhar majmuasi rahbari shayx Ahmad Tayyibning doimiy e’tiborida bo‘lganini alohida ta’kidladi. Uning qayd etishicha, shayx Ahmad Tayyib o‘quv jarayonini jiddiy kuzatib borgan.
 

Safar davomida o‘zbekistonlik imomlar ushbu davlatdagi Katta ulamolar kengashi a’zosi doktor Hasan Shofeiy bilan ham ko‘rishdi. Uchrashuv chog‘ida ilm-fan, diniy ma’rifat va ulamolar mas’uliyati xususida suhbat bo‘lib o‘tdi.
 

Imom-xatiblar Al-Azhar hamda Imom Husayn masjidlariga tashrif buyurib, u yerda saqlanayotgan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga nisbat berilgan tabarruk ashyolar, jumladan, muborak qilich va boshqa tarixiy yodgorliklarni ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.
 

Tadbir doirasida O‘zbekiston va Al-Azhar o‘rtasidagi diniy-ma’rifiy hamkorlik, ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, imom-xatiblarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish hamda o‘zbekistonlik yoshlarning ushbu nufuzli dargohda ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha kelgusi chora-tadbirlar belgilab olindi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

O‘zbekistonlik 20 nafar imom-xatib Al-Azhar akademiyasida malaka oshirdi O‘zbekistonlik 20 nafar imom-xatib Al-Azhar akademiyasida malaka oshirdi O‘zbekistonlik 20 nafar imom-xatib Al-Azhar akademiyasida malaka oshirdi O‘zbekistonlik 20 nafar imom-xatib Al-Azhar akademiyasida malaka oshirdi O‘zbekistonlik 20 nafar imom-xatib Al-Azhar akademiyasida malaka oshirdi
O'zbekiston yangiliklari