Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Avgust, 2026   |   28 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:58
Quyosh
05:28
Peshin
12:30
Asr
17:24
Shom
19:32
Xufton
21:00
Bismillah
11 Avgust, 2026, 28 Safar, 1448
Yangiliklar

Xalqaro anjuman ishtirokchilari ehtirom ila kutib olinmoqda

14.10.2024   19502   1 min.
Xalqaro anjuman ishtirokchilari ehtirom ila kutib olinmoqda

Avval xabar berganimizdek, 2024 yil 15-16 oktyabr kunlari mamlakatimizda “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkaziladi. Unda xalqaro tashkilotlar rahbarlari, din va davlat arboblari, muftiylar, taniqli ulamolar, ilmiy tadqiqotchilar hamda xorijiy hamda mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etadi.   

Mazkur tadbirda qatnashish uchun hozirga qadar Islom olami uyushmasi Bosh kotibi o‘rinbosari, doktor Abdurahmon bin Abdulloh, Misr Arab Respublikasi muftiysi doktor Nazir Muhammad Ayyod, Kavkaz musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy shayxul-islom Allohshukur Poshozoda, muhaddis alloma Muhammad Avvoma, Istanbuldagi Ibn Xaldun universiteti professori  Muhyiddin Avvoma, Pokistondan Karachi islom universiteti professori Muhammad Taqiy Usmoniy, Dorul ulum Devband madrasasi mudiri Hind ulamolari jamiyati raisi Mavlono Arshad Madaniy,  Butunjahon islom ilmlari universitetidan doktor Saloh Abulhoj, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi o‘rinbosari Hasan Guchlu, ISAM (Turkiya) rahbari Murtazo Bedir, Malayziya Vaqf ishlari vaziri Zulkifl bin Muhammad al-Bakriy, Bulg‘or islom akademiyasidan doktor Sayful Asriy, AQSHning Atlanta shtatidagi Emori universiteti tadqiqotchisi  Rahimjon Abdug‘afurov, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli va Qirg‘iziston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Abdulaziz Zakirov kabilar yurtimizga tashrif buyurishdi.  

 E’tiborli mehmonlarni Toshkent xalqaro aeroportida mutasaddilar kutib olib, ularni diyorimizga tashrifi bilan qutlash barobarida xalqaro anjumanning bugungi kundagi ahamiyati, taniqli ulamolar va ahli ilmlarning bir joyga yig‘ilishidan fayzu baraka hosil bo‘lishi haqida so‘zladilar.

 Xalqaro anjuman ishtirokchilari yurtimizga kelishi davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Xalqaro anjuman ishtirokchilari ehtirom ila kutib olinmoqda Xalqaro anjuman ishtirokchilari ehtirom ila kutib olinmoqda Xalqaro anjuman ishtirokchilari ehtirom ila kutib olinmoqda Xalqaro anjuman ishtirokchilari ehtirom ila kutib olinmoqda Xalqaro anjuman ishtirokchilari ehtirom ila kutib olinmoqda Xalqaro anjuman ishtirokchilari ehtirom ila kutib olinmoqda Xalqaro anjuman ishtirokchilari ehtirom ila kutib olinmoqda Xalqaro anjuman ishtirokchilari ehtirom ila kutib olinmoqda Xalqaro anjuman ishtirokchilari ehtirom ila kutib olinmoqda
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xorazmda yangi o‘quv yili oldidan xayriya tadbiri o‘tkazildi

10.08.2026   6455   1 min.
Xorazmda yangi o‘quv yili oldidan xayriya tadbiri o‘tkazildi

Bugun, 10 avgust kuni Xorazm viloyati Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida xayrli va saxovatpesha tadbir tashkil etildi.


O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi hamda yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yili munosabati bilan Urganch shahar bosh imom-xatibi Hasanboy domla va saxovatpesha homiylar tashabbusi bilan boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi.


Tadbir doirasida maktab yoshidagi o‘quvchilarga yangi o‘quv yili uchun zarur bo‘lgan maktab formasi, sumka va to‘liq o‘quv qurollari to‘plamlari tantanali ravishda topshirildi.


Marosim yakunida yurtimiz tinchligi, xonadonlar fayzu barakasi va xayrli ishga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga ezgu duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Xorazmda yangi o‘quv yili oldidan xayriya tadbiri o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari