– Otamning katta kutubxonasi bo‘lar edi. Ana shu kutubxonada bolaligim otgan. Kutubxonamizdagi kitoblarning eng asosiylari bu – Movarounnahr diyoridan yetishib chiqqan ulamolarning asarlari edi. Aqoid, fiqh, hadis va boshqa sohalardagi manbalarning salmoqli qismi o‘lka olimlariga tegishli bo‘lgan.
Shu bois, xalqimiz mazkur hudud allomalarini yaxshi taniydi, hurmat qiladi. Qolaversa, bugungi konferensiyaga tashrif buyurgan ulamolarning barchasi aynan Movarounnahr o‘lkasidan yetishib chiqqan olimlarning asarlarini oʻqib, voyaga yetgan, ilm sirlarini o‘rgangan.
Muhammad bin Said bin Omir al-Hajriy,
Oʻmon Sultonligi davlat kengashi aʼzosi, Oʻmon Sultonligi Senati Ijtimoiy va madaniyat masalalari boʻyicha qoʻmita raisi
Buxoro shahridagi "Sayfiddin Boxarziy" (Shayx ul-Olam) jome masjidida zamonaviy talablar asosida barpo etilgan yangi tahoratxona namozxonlar ixtiyoriga topshirildi.
Mazkur inshoot bir vaqtning o‘zida 70 nafargacha namozxonga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega. Shuningdek, unda imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maxsus jihozlangan 4 ta alohida xona ham tashkil etilgan.
Inshoot yozgi va qishki mavsumlarda ibodat qiluvchilar uchun maksimal darajada qulay bo‘lgan barcha zarur sharoitlar, jumladan, isitish va sovitish tizimlari bilan to‘liq ta’minlangan.
Alloh taolo ushbu xayrli ishga hissa qo‘shgan homiylar, mehnat qilgan quruvchi va ustalarning ezgu amallarini dargohida husni qabul aylasin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati