Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Avgust, 2026   |   15 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:21
Quyosh
05:45
Peshin
12:24
Asr
17:06
Shom
19:07
Xufton
20:26
Bismillah
28 Avgust, 2026, 15 Rabi`ul avval, 1448

Xalqaro anjuman Xivada qizg‘in davom etmoqda

16.10.2024   19210   1 min.
Xalqaro anjuman Xivada qizg‘in davom etmoqda

Bugun, 16 oktyabr kuni Xiva shahridagi “Farovon KHiva” mehmonxonasida “Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusidagi xalqaro anjuman davom etmoqda. 
 
Ayni chog‘da Xivada “O‘zbekiston – buyuk sivilizatsiyalar chorrahasi” mavzusidagi 4-sho‘ba o‘z ishini qizg‘in olib bormoqda.   

Nufuzli tadbirning ikkinchi kunida Turkiya, Fransiya, Marokash,  Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning din arboblari, muftiylari, taniqli ulamo va ekspertlari mavzu doirasida dolzarb ma’ruzalar bilan ishtirok etmoqda. 

Tafsilotlarni kuzatib boring.  (https://t.me/+PSOPDevNs2Va-wt7)

 O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Xalqaro anjuman Xivada qizg‘in davom etmoqda Xalqaro anjuman Xivada qizg‘in davom etmoqda Xalqaro anjuman Xivada qizg‘in davom etmoqda Xalqaro anjuman Xivada qizg‘in davom etmoqda Xalqaro anjuman Xivada qizg‘in davom etmoqda Xalqaro anjuman Xivada qizg‘in davom etmoqda Xalqaro anjuman Xivada qizg‘in davom etmoqda Xalqaro anjuman Xivada qizg‘in davom etmoqda Xalqaro anjuman Xivada qizg‘in davom etmoqda
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

"Vaqf" fondi va Turkiya diyonat vaqfi hamkorligi yangi bosqichda

28.08.2026   2424   1 min.

Joriy yilning 26 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida «Vaqf» xayriya jamoat fondi hamda Turkiya Diyonat vaqfi mas’ul xodimlari ishtirokida videokonferensiya formatida muloqot bo‘lib o‘tdi.


Uchrashuvda ikki muassasa o‘rtasida imzolangan memorandum va uning asosida ishlab chiqilgan yo‘l xaritasidagi vazifalar ijrosi atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar sheriklik aloqalarini mustahkamlash hamda uning amaliy mexanizmlarini belgilab olish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.


Muloqot davomida vazifalarning joriy holati tahlil qilinib, istiqbolda amalga oshiriladigan qo‘shma tashabbuslar va ijtimoiy loyihalar borasida o‘zaro tajriba almashishga kelishib olindi. Xususan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi qo‘shma tashabbuslar, yoshlar bilan ishlash va ijtimoiy loyihalarni hayotga tatbiq etish, xorijiy xayriya xizmatlarini tashkil etish hamda zakot va xayriya munosabatlarini yanada rivojlantirish kabi o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.


Ta’kidlash joizki, mazkur muloqot ikki qardosh davlat vaqf fondlari o‘rtasidagi diniy-ma’rifiy va saxovat yo‘nalishidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari